BDKU Toshkent filialida umumxalq xayriya hashari o‘tkazildi.

    🗓2025-yil 22-avgust kuni BDKU Toshkent filialida umumxalq xayriya hashari o‘tkazildi.

    O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligi bayrami arafasida “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida atrof-muhitni asrab-avaylash, hududlarni obodonlashtirish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida joriy yilning 22–23-avgust kunlari mamlakatimiz bo‘ylab umumxalq hashari tashkil etilmoqda.
    BDKU Toshkent filiali xodimlari ham ushbu hasharda faol ishtirok etib, hududlarni tartibga keltirish, yashil maydonlarni obodonlashtirish va jamoatchilik bilan birgalikda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish ishlariga munosib hissa qo‘shmoqdalar. 🌿✨

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

BDKU Toshkent filialida soatlar taqsimotini belgilash bo‘yicha ishchi guruh yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

    2025-yil 21-avgust kuni BDKU Toshkent filialida Kinooperatorlik mahorati Kafedrasining soatlar taqsimotini belgilash bo‘yicha ishchi guruh yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

    Yig‘ilishda filial direktori, professor I.M. Meliqo‘ziyev, kafedra mudiri, direktor o‘rinbosarlari va buxgalteriya xodimlari ishtirok etdi. Unda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik, professor-o‘qituvchilarning o‘quv yuklamalarini taqsimlash, dars jarayonini optimallashtirish, ijodiy mutaxassislik fanlarini ishlab chiqarish tashkilotlari bilan hamkorlikda olib borish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, O‘zbekiston va Rossiya Federatsiyasining taniqli kino va televideniye sohasidagi pedagoglari bilan hamkorlikda o‘quv yilini boshlash rejalari belgilab olindi.

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

“Rektorlik soati”

    🗓2025-yil 18 avgust kuni BDKU Toshkent filialida “Rektorlik soati” yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

    Yig‘ilishni filial direktori, professor I.M. Meliqo‘ziyev ochib berdi. Bugungi rektorlik soatida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik masalalari, shartnoma (kontrakt) to’lovlari bo’yicha, shuningdek, o‘quv soatlarini optimallashtirish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.

    Universitetda Ergashov Baxodir Choriyevich matbuot kotibi sifatida ish faoliyatini boshladi. U birinchi taqdimot o‘tkazib, rejalari va vazifalari bilan jamoani tanishtirdi.

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

“Yoshlar ishsizligini bartaraf etish” va “Jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan Respublika amaliy seminari”

    S. A. Gerasimov nomidagi BDKU Toshkent filiali yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktorning birinchi o‘rinbosari J. X. Shomurodov Samarqand shahrida bo‘lib o‘tayotgan “Yoshlar ishsizligini bartaraf etish” va “Jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan Respublika amaliy seminari”da ishtirok etmoqda.

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook