2026-yil 24-fevral kuni davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tomonidan yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha imkoniyatlar yuzasidan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

   Mazkur uchrashuvda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida 2026-yil 25-fevral kuni S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya universiteti Toshkent filialida filial direktori, professor I.M. Meliqo‘ziyev tomonidan yig‘ilish o‘tkazildi. Unda uchrashuv mazmun-mohiyati, yoshlar bandligini ta’minlash, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, tadbirkorlik tashabbuslarini rag‘batlantirish, imtiyozli kreditlar ajratish masalalari hamda belgilangan vazifalar yig‘ilish ishtirokchilariga yetkazildi.

   Prezident topshiriqlarida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida 2026-yil 26-fevral kuni soat 11:00 da filialda bitiruvchi talabalarni ishga samarali taqsimlashga qaratilgan “Karyera kuni” – Mehnat yarmarkasi tashkil etiladi.

  Tadbirda kinostudiyalar va telekanallar rahbarlari, ijodiy tashkilotlar vakillari hamda bank sohasi vakillari ishtirok etadilar.

 

 

 

 

 

 

Youtube sahifamizga havola: Youtube | Telegram sahifamizga havola: ВГИК Ташкент | Facebook sahifamizga havola: Facebook

Prezident o‘zbekistonliklarni Ramazon oyi bilan tabrikladi

    Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini mehr-oqibat, xayru saxovat va shukronalik timsoli bo‘lgan muqaddas Ramazon oyining kirib kelishi bilan chin qalbdan samimiy muborakbod etdi. Davlat rahbari barchaga sihat-salomatlik, oilaviy baxt-saodat, xonadonlarga tinchlik va farovonlik tiladi. «Xalqimizni, Vatanimizni Yaratganning o‘zi panohida asrasin! Ramazon oyi barchamizga muborak bo‘lsin!», deyiladi tabrik so‘zida.

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

Arslonbek Panjiyevning amaliy ijodiy ishlaridan lavha

    🎥 BDKU Toshkent filiali Kinooperatorlik yo‘nalishi, 1-bosqich (DPO) professor, kinooperator va kinorejissyor I.M. Meliqo‘ziyev ijodiy ustaxonasi talabasi Arslonbek Panjiyevning amaliy ijodiy ishlaridan lavha.

    Mazkur ijodiy ishlar talabaning kadr kompozitsiyasini his etishi, yorug‘lik va soya uyg‘unligini topa bilishi hamda tasvir orqali mazmun yaratish qobiliyatini namoyon etadi.

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

Amaliy ijodiy ishlar

    🎥 BDKU Toshkent filiali Kinooperatorlik yo‘nalishi, 1-bosqich (DPO) professor, kinooperator va kinorejissyor I.M. Meliqo‘ziyev ijodiy ustaxonasi talabasi Zafar Kamalovning amaliy ijodiy ishlaridan

    Amaliy mashg‘ulotlar davomida bajarilgan ushbu ishlarda kinooperatorlik san’atining asosiy tamoyillari – kompozitsiya, rakurs va ritm uyg‘unligi yaqqol ko‘zga tashlanadi.

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

Professor ilmiy unvoniga sazovor bo‘lganlar

    2026-yil 17-fevral kuni BDKU Toshkent filialida Ilmiy kengash faoliyati doirasida bir guruh professor-o‘qituvchilarga Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan professor va dotsent ilmiy unvonlari berildi.

    🎖 Professor ilmiy unvoniga sazovor bo‘lganlar:
    • Karim Xusanovich Mirxadiyev
    • Ishmuhamedov Elyor Muhitdinovich
    • Toxir Samandarovich Saidov

    🎓 Dotsent ilmiy unvoni berildi:
    • Xmirov Aleksey Vladimirovich

    Ilmiy unvonlar filial direktori, professor I.M. Meliqo‘ziyev tomonidan tantanali ravishda topshirildi.

    Shuningdek, Ilmiy kengash kun tartibiga ko‘ra quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:
    • To‘lov-kontrakt masalalari;
    • Darslar nazorati hamda ularning sifatini oshirish bo‘yicha takliflar;
    • Ijara va talabalar yotoqxonasida yashayotgan talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar bo‘yicha hisobot tinglandi.

 

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook