“Anor” nomli qisqa metrajli film suratga olinmoqda.

    🎬 S.A. Gerasimov nomidagi BDKU Toshkent filiali 1-bosqich “Aktyorlik mahorati” yo‘nalishi talabalarining (ijodiy ustaxona rahbari – T.S. Saidov) ishtirokida “Anor” nomli qisqa metrajli film suratga olinmoqda.

    📽 Suratga olish jarayonida Illusion Pictures studiyasi tomonidan moddiy-texnik baza beg‘araz taqdim etilmoqda.

    Filial Illusion Pictures direktori Sh.T. Qayumovga ko‘rsatilgan yordam va hamkorlik uchun minnatdorchilik bildiradi.

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

Rashid Karimovich Malikovni bugungi tavallud kuni

    ✨ BDKU Toshkent filiali jamoasi atoqli kinorejissyor, ssenarist va aktyor Rashid Karimovich Malikovni bugungi tavallud kuni bilan chin yurakdan tabriklaydi!

    🎬 O‘zbek kinematografiyasining yorqin vakillaridan biri bo‘lgan ustoz san’atkorning ijodi – nafaqat biz uchun, balki yosh avlod uchun ham ilhom manbaidir.

    Sizga sihat-salomatlik, ijodiy parvoz va bardavom muvaffaqiyatlar tilaymiz!

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook