Festival filmi

    🎞Toshkent kinofestivalida namoyish etilishi kutilayotgan film: «Muz-3»

    «Ipak yo’li durdonasi» XVI Toshkent xalqaro kinofestivali davomida Rossiya kino kunlari bo’lib o’tadi. Uning doirasida Yuriy Xmelnitskiy rejissyorligidagi «Muz-3» filmi namoyish etiladi.

    «Muz 3» – bu sport, romantik, komediya dramasi bo’lib, to’liq metrajli film hisoblanadi. Aleksandr Petrov va Mariya Aronova bosh rollarni ijro etgan. Film «Muz» va «Muz-2» hikoyalarining davomi bo’lib, avvalgilari singari blokbasterga aylangan va kassada 20 mln dollardan ortiq daromad keltirgan.

    Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi Axborot xizmati

Vidoega havola ВГИК Ташкент

«Renessans» kinochilar uyida Mustaqilligimizning 33 yilligi va S.A.Gerasimov nomidagi BDKU ning 105 yillik yubileyi bo’lib o’tdi

    🎉05.09.2024🎬🇺🇿🇷🇺🎥 «Renessans» kinochilar uyida Mustaqilligimizning 33 yilligi va S.A.Gerasimov nomidagi BDKU ning 105 yillik yubileyi bo’lib o’tdi.
    Tantanali tadbirda O’zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining birinchi o’rinbosari Avaz Tadjixanov, Madaniyat vazirligi huzuridagi     Kinematografiya agentligi direktori Shuhrat Rizayev, BDKU veteranlar jamoasi a’zolari ishtirok etishdi.
    Tadbir davomida filialda yangi ochilgan ijodiy ustaxonalar, festivalga tayyorgarlik jarayonlari va talabalar uchun yaratilgan barcha yangi qulayliklar bilan tanishishdi.
    BDKU Toshkent filiali direktori , professor I.M.Meliqo’ziyev boshchiligida universitet talabalari o’z chiqishlarini namoyish etishdi.

 

 

Shoshiling!!!

    S.A.Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya universiteti Toshkent filialida Oliy professional kurslarga 20 sentabrgacha hujjatlar qabuli davom etmoqda.

 – Teledasturlar boshlochisi – 9 oy💸9 600 000
 – Teatr va kino aktyori – 2 yil 💸1 yil uchun 13 400 000
 – Kinorejissura – 2 yil 💸1 yil uchun 13 400 000
 – Vizual kontent, televideniye va kino ssenaristi – 2 yil 💸1 yil uchun 13 400 000
 – Golografiya va interaktiv media rejissyori (animatsiya) -9 oy 💸13 400 000
 – Kinoshunos-muharrir – 1 yil 💸 8 100 000

 – Bitiruvchilarga maxsus diplom va sertifikatlar beriladi.

Qo’shimcha ma’lumot uchun: +998991472266

 

XVI Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida Hindistonning afsonaviy yulduzi Raj Kapurning 100 yilligiga bag’ishlangan kecha tashkil etiilishi kutilmoqda

“Ipak yo‘li durdonasi” XVI Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida Hindistonning afsonaviy yulduzi Raj Kapurning 100 yilligiga bag’ishlangan kecha tashkil etiilishi kutilmoqda

Tadbirda Raj Kapurning yulduzli sulolalasi vakillari ishtirok etishi ko’zda tutilgan.

Toshkent Xalqaro kinofestivali Axborot xizmati

 

Videoga havola: ВГИК Ташкент

BDKU Toshkent filiali talabalari «Atirgul haqida» filmni tasvirga olishmoqda.

🎬S.A.Gerasimov nomidagi  Butunrossiya davlat kinematografiya universiteti Toshkent shahridagi filiali talabalari «Atirgul haqida» qisqa metrajli badiiy filmni tasvirga olishmoqda.

Rejissyor va g’oya muallifi: Ibrohim Husanbоyev, kinorejissyorlik yo’nalishi, 2-kurs, Ayub Shahobiddinov ustaxonasi.

Ssenariy muallifi: Yusuf Shopatxiddinov, Kinodramaturgiya yo’nalishi, 3-kurs, Odelsha Agishev va Elyor Ishmuhamedov ustaxonasi.

Operator: Vladimir Ten, kinooperatorlik yo’nalishi, 2-kurs, Rustam Murodov ustaxonasi.

Rollarda: Erkin Usmonov, aktyorlik san’ati yo’nalishi, 2-kurs, Bobur Yo’ldoshev ustaxonasi. Hamda Feruza Saidova.