4 dekabr kuni Toshkent BDKI filialida uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

4 dekabr kuni Toshkent BDKI filiali talabalari bilan Moskvadagi bosh BDKI rahbariyati uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Filiallar bo‘yicha prorektor Fomin G.A., ssenariy va kinoshunoslik fakulteti dekani Marusenkov V.V. hamda professor Klebanov I.S. ta’lim jarayonini tashkil etish, ijodiy ustaxonalar faoliyati, tarbiyaviy ishlar va filialning xo‘jalik masalalari bo‘yicha talabalarning fikr-mulohazalarini diqqat bilan tingladilar.

Talabalar o‘ziga dolzarb bo‘lgan savollarni berish va ularga atroflicha hamda mazmunli javoblar olish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Bu esa talabalar bilan BDKI ning markaziy ma’muriyati o‘rtasida o‘zaro tushunishni mustahkamlash va konstruktiv hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qildi.

Uchrashuv yakunida Gleb Aleksandrovich talabalarni va ularning yaqinlarini kirib kelayotgan Yangi yil bilan tabrikladi hamda yangi yilda ijodiy muvaffaqiyatlar tiladi!

 

2024 yil 4 dekabr kuni xalqaro uchrashuv bo‘lib o‘tdi

    2024 yil 4 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari A. B. Tadjixanov, Vserosiya Davlat Kinematografiya Institutining filiallari bo‘yicha prorektori G. A. Fomin va Toshkentdagi VGIK filiali direktori I. M. Meliqo‘ziyev o‘rtasida xalqaro uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda filialning akkreditatsiyasi, uning kelgusi rivoji, talabalar uchun sharoitlar yaxshilanishi hamda xalqaro mutaxassislar tomonidan maxorat darslar tashkil etish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, filialning samarali faoliyati va rivojlanishida O‘zbekiston Respublikasidan moliyalashtirish masalasiga alohida e’tibor qaratildi. 

 

 

Marhamat Qurbanbayeva tavallud topgan kun

    Bugun, 1 dekabr sanasi О‘zbekiston Kinoarboblari,О‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmalari a’zosi, ssenariynavis, tarjimon va pedagog Marhamat Qurbanbayeva tavallud topgan kun.

    BDKI Toshkent jamoasi sizga  uzoq umr, oilaviy farovonlik va dunyodagi yeng ezgu tilaklarni yо‘llab qoladi. Tug‘ilgan kuningiz muborak bо‘lsin!

Kinematografiya agentligi direktori va filiallar bо‘yicha prorektori Fomin G.A. bilan uchrashuv bо‘lib о‘tdi

    🔂2024 yil 1 noyabrda О‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi direktori Rizayev SH.T. va BDKI ning filiallar bо‘yicha prorektori Fomin G.A. bilan uchrashuv bо‘lib о‘tdi. Uchrashuv davomida filialning moliyaviy dolzarb masalalar hamda akkreditatsiya amalga oshirish bо‘yicha muhokama qilindi.

    🔂Ayniqsa, moliyaviy oqimlarni optimallashtirish va filialning moliyaviy ahvolini yaxshilash bо‘yicha strategik choralarga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek keyingi ilmiy, о‘quv, ijodiy qadamlar va ularni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.