Navro‘z – yangilanish va bahor nafasi ufurgan qutlug‘ ayyom!
Youtube sahifamizga havola: Youtube | Telegram sahifamizga havola: ВГИК Ташкент | Facebook sahifamizga havola: Facebook
Youtube sahifamizga havola: Youtube | Telegram sahifamizga havola: ВГИК Ташкент | Facebook sahifamizga havola: Facebook
Toshkent shahridagi BDKU filiali talabalari Moskva shahrida bo‘lib o‘tayotgan Xalqaro ta’lim va kreativ loyiha – «Yevroosiyo Kino Laboratoriyasi»da ishtirok etmoqda!
🔹 Ishtirokchilar:
• Ibrohimov Adadiy (4-kurs, prodyuserlik fakulteti)
• Sagatelyan Arutyun (3-kurs, rejissyorlik fakulteti)
• Muxiddinov Sarvar (2-kurs, kinooperatorlik fakulteti)
• Baratov Alan (1-kurs, rejissyorlik fakulteti)
📌 Loyiha doirasida:
5 kunlik intensiv dastur, kino yaratilishining barcha bosqichlari bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar, taniqli kino ustalari bilan ijodiy uchrashuvlar hamda eksperimentlar bo‘lib o‘tmoqda!
🎥 «Yevroosiyo Kino Laboratoriyasi» Yevroosiyo Kinematograflar Yoshlar Assotsiatsiyasi (MAKE) tomonidan «G‘alaba 9/45» harakati ko‘magida tashkil etilgan.
🌏 Forumda O‘zbekiston bilan birga yana 7 davlat vakillari ishtirok etmoqda: Tojikiston, Abxaziya, Armaniston, Belarus, Moldova, Qirg‘iziston va Qozog‘iston!
Youtube sahifamizga havola: Youtube | Telegram sahifamizga havola: ВГИК Ташкент | Facebook sahifamizga havola: Facebook
S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya universiteti Toshkent filialida Navroʻz umumxalq bayrami keng nishonlandi!
🔼21-mart kuni universitetda Navroʻz bayramiga bagʻishlangan tantanali tadbir boʻlib oʻtdi. Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligi direktori Sh.T. Rizayev, Rossiya Federatsiyasining Oʻzbekistondagi elchixonasi birinchi kotibi A.B. Naniyeva, shuningdek, xorijiy universitetlar filiallaridan mehmonlar ishtirok etdilar.
Bayram doirasida qiziqarli musobaqalar, milliy oʻyinlar tashkil etildi, bahoriy taomlar, sumalak va osh mehmonlarga tortiq qilindi. 🎉
Eng yorqin lahzalardan biri — milliy liboslar tanlovi boʻlib, unda BDKU Toshkent filiali talabalari faxrli birinchi oʻrinni egallashdi! 👏
Tadbir barcha ishtirokchilarga iliq taassurot qoldirdi va Navroʻzning haqiqiy bayramona ruhini tuhfa etdi! ☀️🍬
Youtube sahifamizga havola: Youtube | Telegram sahifamizga havola: ВГИК Ташкент | Facebook sahifamizga havola: Facebook
🌿🎉S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya universiteti Toshkent filialida Navroʻz umumxalq bayrami munosabati bilan anʼanaviy sumalak tayyorlandi.
Filial direktori I. Meliqo‘ziyev, professor-o‘qituvchilar va talabalar birgalikda sumalak kavlash marosimida ishtirok etishdi.
📅 18-mart kuni soat 12:00 da filialimizda Navroʻz bayramiga bagʻishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tadi.
Barchani ushbu quvonchli bayramni birgalikda nishonlashga taklif qilamiz!
Youtube sahifamizga havola: Youtube | Telegram sahifamizga havola: ВГИК Ташкент | Facebook sahifamizga havola: Facebook
2025-yil 15-mart Jizzax politexnika institutida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining navbatdagi Hay’at yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston-2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yili doirasida amalga oshirishga oid davlat dasturini bajarish chora-tadbirlari, shuningdek, oliy ta’lim muassasalari faoliyatining monitoring natijalari muhokama qilindi.
Tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov boshchiligida markaziy apparat mas’ullari, tizim tashkilotlari mutasaddilari hamda barcha oliy ta’lim muassasalari rahbarlari ishtirok etdi.
Ular qatorida Toshkent shahridagi S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya universiteti filiali direktori Iqbol Mamasodiqovich ham yig‘ilishda qatnashdi.
Youtube sahifamizga havola: Youtube | Telegram sahifamizga havola: ВГИК Ташкент | Facebook sahifamizga havola: Facebook
A. Gerasimov nomidagi BDKU Toshkent filiali talabalari – 3-kurs “Kino va televideniye rejissurasi” yo‘nalishi talabasi Munisa Magametibragimova, 3-kurs “Kinooperatorlik mahorati” yo‘nalishi talabasi Abduraxmonov Jaxongir va 1-kurs “Kino va televideniye rejissurasi” yo‘nalishi talabasi Abdusattorova Xadichalar. 21 mart Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan qisqa metrajli videorolik suratga olishmoqda.
🔼Tasvirga olish jarayoni uchun moddiy-texnik ta’minot “O‘zbekfilm” kinokonserni tomonidan beg‘araz taqdim etildi.
✨Navro‘z ruhini aks ettiruvchi ushbu videorolik yosh ijodkorlarning mahoratini namoyon etish bilan birga, milliy an’analarimizni kino san’ati orqali yoritishga xizmat qiladi.
Kelajagingizni VGIK bilan quring!
Youtube sahifamizga havola: Youtube | Telegram sahifamizga havola: ВГИК Ташкент | Facebook sahifamizga havola: Facebook