BDKU filiali yakuniy Kengash yig‘ilishini o‘tkazdi.
2025-yil 28-iyul kuni Toshkent shahridagi BDKU filiali yakuniy Kengash yig‘ilishini o‘tkazdi. Yig‘ilishga filial direktori, professor I.M. Meliqo‘ziyev raislik qildi.
📌 Kun tartibida quyidagi masalalar muhokama qilindi:
– to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan talabalarning to‘lov holati bo‘yicha hisobot;
– direktor o‘rinbosarlarining yillik faoliyat natijalari;
– 2025–2026 o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari;
– yangi o‘quv yilidan boshlab tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha kafedralar tashkil etish masalalari;
– shuningdek, boshqa turli masalalar.
Mas’ullar o‘z hisobotlarini taqdimotlar orqali Kengash a’zolariga taqdim etdilar.
✅ Yig‘ilish yakunida Kengash tomonidan bir ovozdan “Kinooperatorlik mahorati” kafedrasi tashkil qilindi.









Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook
