“Eng faol hamkor tashkilot” nominatsiyasi topshirildi.

    2024–2025 o‘quv yili davomida Toshkentdagi BDKU filiali talabalarining ijodiy o‘quv kurs ishlari, amaliy mashg‘ulotlari va turli tadbirlarida zamonaviy moddiy-texnik baza bilan ta’minlab, ularning filmlarini suratga olish jarayonida yaqindan ko‘maklashgan hamkorlarga “Eng faol hamkor tashkilot” nominatsiyasi topshirildi.

    Ushbu nominatsiya “O‘zbekfilm” kinokonserni direktori B.Muhamedov va “Illusion Pictures” studiyasi rahbarlari Sh.Qayumovlarga minnatdorchilik sifatida berilib, faxriy diplom va esdalik sovg‘alari filial direktori, professor I.Meliqo‘ziyev tomonidan tantanali ravishda topshirildi.

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook