2025-yil 31-iyul kuni Kinooperatorlik mahorati” kafedrasi tashkil etildi.

    ✅2025-yil 31-iyul kuni Toshkent shahridagi BDKU filiali yakuniy Kengash yig‘ilishi qarori asosida filialda “Kinooperatorlik mahorati” kafedrasi tashkil etildi.

    Mazkur kafedraga dotsent, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, “Shuhrat” medali sohibi Hasanov Hamidulla Babaevich kafedra mudiri lavozimiga tayinlandi.

    Hamidulla Hasanov 1980-yilda Butunittifoq davlat kinematografiya instituti (VGIK)ning “Kino va teleoperatorlik” yo‘nalishini tamomlagan. U 1980-yildan buyon “O‘zbekfilm” kinostudiyasida postanovkachi-kinooperator va kinorejissyor sifatida ijodiy faoliyat olib bormoqda.

    Filial direktori, professor I.M. Meliqo‘ziyev, kafedra mudiri H.B.Xasanov, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktorning birinchi o‘rinbosari J.X. Shomurodov, ishlar boshqarmasi boshlig’i O.S.Avalboyev,o’quv- ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari A.V.Xmirov tomonidan yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi, zarur tashkiliy choralar belgilab olindi.

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook