Bugun, milliy mukofoti sovrindori, Karim Mirxodiyev tavallud topgan kun.

    Bugun, 29-iyul sanasida, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, BDKU Toshkent filiali dotsenti, ikki karra “Oltin Humo” milliy mukofoti sovrindori, Karim Mirxodiyev tavallud topgan kun.

    🎉 BDKU Toshkent filiali ustozni bugungi tavallud ayyomi bilan samimiy muborakbod etadi hamda sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik va ijodiy barakot tilaydi!

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

“Eng faol hamkor tashkilot” nominatsiyasi topshirildi.

    2024–2025 o‘quv yili davomida Toshkentdagi BDKU filiali talabalarining ijodiy o‘quv kurs ishlari, amaliy mashg‘ulotlari va turli tadbirlarida zamonaviy moddiy-texnik baza bilan ta’minlab, ularning filmlarini suratga olish jarayonida yaqindan ko‘maklashgan hamkorlarga “Eng faol hamkor tashkilot” nominatsiyasi topshirildi.

    Ushbu nominatsiya “O‘zbekfilm” kinokonserni direktori B.Muhamedov va “Illusion Pictures” studiyasi rahbarlari Sh.Qayumovlarga minnatdorchilik sifatida berilib, faxriy diplom va esdalik sovg‘alari filial direktori, professor I.Meliqo‘ziyev tomonidan tantanali ravishda topshirildi.

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

I.M. Meliqo‘ziyev tomonidan faxriy sertifikatlar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

    Ilmiy kengashning yakuniy yig‘ilishi doirasida 2024–2025 o‘quv yilida samarali faoliyat olib borgan professor-o‘qituvchilar, ijodiy ustaxona rahbarlari, boshqaruv xodimlari hamda faol talabalar BDKU Toshkent filiali direktori, professor I.M. Meliqo‘ziyev tomonidan faxriy sertifikatlar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

    🎉 Ularning fidokorona mehnati va tashabbuskorligi filial jamoasi tomonidan yuqori baholandi.

 

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

BDKU filiali yakuniy Kengash yig‘ilishini o‘tkazdi.

    2025-yil 28-iyul kuni Toshkent shahridagi BDKU filiali yakuniy Kengash yig‘ilishini o‘tkazdi. Yig‘ilishga filial direktori, professor I.M. Meliqo‘ziyev raislik qildi.

    📌 Kun tartibida quyidagi masalalar muhokama qilindi:

    – to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan talabalarning to‘lov holati bo‘yicha hisobot;
    – direktor o‘rinbosarlarining yillik faoliyat natijalari;
    – 2025–2026 o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari;
    – yangi o‘quv yilidan boshlab tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha kafedralar tashkil etish masalalari;
    – shuningdek, boshqa turli masalalar.

    Mas’ullar o‘z hisobotlarini taqdimotlar orqali Kengash a’zolariga taqdim etdilar.

    ✅ Yig‘ilish yakunida Kengash tomonidan bir ovozdan “Kinooperatorlik mahorati” kafedrasi tashkil qilindi.

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

“Dolzarb 90 kun”

    🎥 S.A. Gerasimov nomidagi BDKU Toshkent filiali “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida Kinooperatorlik, Aktyorlik san’ati va Kinorejissyorlik ta’lim yo‘nalishi talabalari bilan hamkorlikda 2–3-qavatlarda yangi foto ko‘rgazmalar tashkil qilinib, o‘zbek, rus kinosi hamda dunyo kino ijodkorlari va filialning o‘quv-ijodiy jarayonlari haqida foto ko‘rgazma bezatildi.

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

Rustam Abdullayevich Sagdullaevni tavallud ayyomi munosabati bilan chin dildan tabriklaymiz.

    🎉BDKU Toshkent filiali jamoasi nomidan Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist, filialimizning faxriy professori Rustam Abdullayevich Sagdullaevni tavallud ayyomi munosabati bilan chin dildan tabriklaymiz.

    Sanʼat va taʼlim sohasidagi fidokorona xizmatlaringiz yosh avlod uchun katta ibrat boʻlib xizmat qilmoqda.

    Sizga mustahkam sogʻlik, bardavom ijod, oilaviy baxt va yana koʻplab yutuqlar tilaymiz!

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook