BDKU Toshkent filiali talabalari “Renessans” kino uyida bo‘lishdi.
🗣️2025-yil 9-sentyabr kuni BDKU Toshkent filiali 1-kurs talabalari Kinooperatorlik mahorati kafedrasi mudiri X.B. Hasanov hamda direktor o‘rinbosarlari boshchiligida “Renessans” kino uyida bo‘lishdi.
Tadbir davomida talabalar O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi rahbariyati faoliyati bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Shuningdek, Kinematografiya agentligi direktori o‘rinbosari A.J. Xadjaev talabalarga o‘quv jarayonida amaliy bilim va tajribani chuqur o‘zlashtirish zarurligini ta’kidladi.






Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook















