BDKU filialida qoraqalpoq talabalari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
⚡️2025-yil 7-oktabr kuni BDKU Toshkent filialida ta’lim olayotgan qoraqalpoq talabalari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
✔️Uchrashuvda filial direktori, professor I.M. Meliqo‘ziyev hamda direktor o‘rinbosarlari ishtirok etdilar.
🗣️Uchrashuv davomida talabalarning ijodiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, grand loyihalarda ishtirok etish, ijtimoiy roliklar yaratish va sun’iy intellekt yo‘nalishida loyihalar ishlab chiqish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Shuningdek, uchrashuvda talabalarning kontrakt to‘lovi va boshqa ijtimoiy masalalari muhokama qilinib, ularning bir qator muammolari ijobiy hal etildi.
Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook