2025-yil 25-oktabr kuni 1-sonli yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
2025-yil 25-oktabr kuni S.A. Gerasimov nomidagi BDKU Toshkent shahar filialida Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari A. Yuldashev raisligida 1-sonli yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Kun tartibida quyidagi masalalar muhokama qilindi:
1️⃣Professor-o‘qituvchilarga biriktirilgan talabalarni ilmiy-ijodiy ishlarga jalb etish, ularning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish.
2️⃣Talabalarning ijodiy (kino) loyihalarini amalga oshirish, ularning g‘oyalarini ommalashtirish mexanizmlarini yaratish, tanlovlar hamda pitchinglarda ishtirok etish jarayonlarini tizimli yo‘lga qo‘yish.
3️⃣Ijodiy uyushma a’zolarining ilmiy maqolalarini mahalliy va xalqaro nashrlarda chop etish masalalari.
✔️Yig‘ilish yakunida professor-o‘qituvchilarga ilmiy va ijodiy faoliyat samaradorligini oshirish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.








Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook
