45-Xalqaro talabalar festivali

    ⚡️ Moskva shahrida bo‘lib o‘tgan 45-Xalqaro talabalar festivali — VGIK doirasida BDKU Toshkent filiali bitiruvchilari yutuqlarga sazovor bo‘lishdi!

    🏆Ivan Xaritonov “Barzax” nomli ssenariysi uchun V.K. Turkin nomidagi Gran-pri mukofotiga sazovor bo‘ldi!

    🥈Doniyor G‘aniyev esa “Diplom ishi ssenariysi” yo‘nalishida o‘zining “Axlat mushuklari” nomli ssenariysi uchun II darajali diplom bilan taqdirlandi.

    Bu g‘alabalar BDKU Toshkent filiali talabalari va ustozlarining mehnatsevarligi hamda ijodiy salohiyatining yorqin isbotidir.

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

Direktor o‘rinbosari ijara uyda yashovchi talabalarning sharoitlari bilan tanishdi.

    🗓2025-yil 11-noyabr kuni S.A. Gerasimov nomidagi BDKU Toshkent filiali direktorining yoshlar masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari J.X. Shomurodov Chilonzor ko‘chasi, 28-uy manzilida ijara uyda yashovchi talabalarning sharoitlari bilan tanishdi.

    Uchrashuvda talabalar bilan suhbat o‘tkazilib, uy egasi bilan sharoitlarni yaxshilash va ta’lim muassasasi bilan aloqani mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

J.X. Shomurodov ijara uyda yashayotgan talabalar yashash sharoitidan xabar oldi.

    ⚡️2025-yil 10-noyabr kuni BDKU Toshkent filiali Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktorning birinchi o‘rinbosari J.X. Shomurodov ijara uyda yashayotgan talabalar yashash sharoitidan xabar oldi.

    ✔️Tashrif davomida talabalar yashayotgan muhit o‘rganildi, ularning fikr va takliflari tinglandi, shuningdek xonadon egalari bilan ham muloqot olib borildi.

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

“Exo Yevraziya – Kinofest” xalqaro kinoforumi yakunlandi!

    🗣️Bugun, 2025-yil 9-noyabr kuni, BDKU Toshkent filialida Yevroosiyo mamlakatlarini birlashtirgan “Exo Yevraziya – Kinofest” xalqaro kinoforumi o‘z yakuniga yetdi.

    🔖Yopilish marosimida filial direktori, professor I.M. Meliqo‘ziyev festival ishtirokchilari va mehmonlarga esdalik sovg‘alarini topshirar ekan, bunday tadbirlar yosh avlodni ilhomlantirishini va xalqaro madaniy aloqalarni mustahkamlashini ta’kidladi.

    ✨ “Exo Yevraziya – Kinofest” — bu nafaqat kino bayrami, balki yuraklarni birlashtirgan do‘stlik ko‘prigi bo‘ldi.

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook