“Usi, Nervi, Shagomer”
⚡️2025-yil 18-dekabr kuni Rossiya Federatsiyasining Moskva shahridan tashrif buyurgan soha mutaxassislari uchun 4-kurs “Aktyorlik san’ati” ta’lim yo‘nalishi talabasi tomonidan sahnaviy ijodiy ish namoyish etildi. Ushbu sahna asari Ibrohim Rahimning aktyorlik maktabi an’analarini aks ettiruvchi “Usi, Nervi, Shagomer” asari asosida tayyorlandi.
🔼Mazkur ijodiy ish filial dotsenti, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist Rustam Abdullayevich Sagdullayev rahbarligidagi ijodiy ustaxona hamda aktyorlik mahorati bo‘yicha pedagog, dotsent Mixail Davidovich Kaminskiy (marhum) ijodiy maktabi an’analari asosida sahnalashtirildi.
Namoyish davomida ijodiy jamoaning aktyorlik mahorati, badiiy yechimlari, shuningdek, kino va teatr san’atiga xos uslubiy yondashuvlari yorqin namoyon bo‘ldi. Sahnaviy ko‘rinish mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otib, teatr va kino sohasidagi xalqaro hamkorlikni mustahkamlash yo‘lida muhim qadam sifatida baholandi.







Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook
