BDKI filialida uchrashuv bo’lib o’tdi

    ⚡️2025-yil 19-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari A. Tadjixanov hamda Ta’lim boshqarmasi boshlig‘i Sh. Sharipov Rossiya Federatsiyasining Moskva shahridan tashrif buyurgan BDKI o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori I.V. Korotkov va BDKU Toshkent filiali direktori I. Meliqo‘ziyev bilan uchrashuv o‘tkazdi.

    🗣️Uchrashuvda madaniyat va oliy ta’lim sohasida olib borilayotgan davlat siyosati, xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, shuningdek filialda so‘nggi yillarda amalga oshirilgan tizimli ishlar muhokama qilindi.

    Xususan, bitiruvchi talabalarning bitiruv malakaviy ishlariga qo‘yilayotgan talablar, ularning sifat va mazmunini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, 2026–2027 o‘quv yili uchun qabul kvotalari bo‘yicha muhim va strategik fikr almashildi.

    Mazkur uchrashuv milliy kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish, xalqaro tajribani joriy etish hamda madaniyat va ta’lim sohalarida barqaror rivojlanishni ta’minlash yo‘lidagi muhim qadam sifatida baholandi.

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook