BDKU Toshkent filialida ta’lim dasturlarini kengaytirish istiqbollari belgilab olindi.
⚡️BDKU Toshkent filialini yanada rivojlantirish, kinematografiya sohasidagi ishlab chiqarish tashkilotlari bilan hamkorlikni kuchaytirish, oliy kurslarni takomillashtirish hamda 2026–2027 o‘quv yillari uchun magistratura mutaxassisliklariga qabul kvotalarini bosqichma-bosqich joriy etish masalalari yuzasidan muhim va tizimli muhokamalar bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, kinematografiya yo‘nalishidagi qo‘shimcha ta’lim dasturlarini kengaytirish istiqbollari belgilab olindi.
📌Uchrashuvlarda Rossiya Federatsiyasi, Moskva shahridan tashrif buyurgan BDKI o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori I.V.Korotkov hamda o‘quv-metodik ishlar bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i V.V.Ataman ishtirok etdilar. Tadbirda BDKU Toshkent filiali direktori I.M.Meliqo‘ziyev, direktor o‘rinbosarlari, bo‘lim boshliqlari, kafedra mudirlari va barcha xodimlar qatnashdi.
Uchrashuvlar davomida bitiruvchilar himoyalarini yagona va aniq talablar asosida tashkil etish, bitiruv malakaviy ishlarini kelgusida xalqaro festival va tanlovlarda munosib ishtirok ettirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, filial rahbariyati Moskva shahridan tashrif buyurgan professor-o‘qituvchilar – O.O.Sbitneva , I.V.Soshnikova va Y.M Belenkovlarga talabalar uchun o‘tkazilgan mahorat darslari uchun minnatdorlik bildirib, esdalik sovg‘alarini topshirdi.
Mazkur tashrif va uchrashuvlar BDKU Toshkent filialida ta’lim sifati, ilmiy-ijodiy salohiyat hamda xalqaro hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilishi alohida qayd etildi.









Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook
