BDKU rahbariyati ijarada yashayotgan talabalar bilan uchrashdi.

    2025 yil 22 fevral kuni S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya universitetining Toshkent shahar filiali direktori, professor I.M Meliqo‘ziyev hamda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktorning birinchi o‘rinbosari J.X. Shomurodov ijarada yashayotgan talabalar bilan uchrashdi.

    Rahbariyat Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Chilonzor ko‘chasi, 28-uy manzilida ijarada yashayotgan 2-bosqich talabalari bilan uchrashdi:

    🎬 Berdimuradov Allambergen (📚 «Kino va televideniye rejissyorligi» yo‘nalishi)

    📷 Yesemuratov Abduraim va Tolibayev Sultanbek (📚 «Kinooperatorlik» yo‘nalishi).

    Uchrashuv davomida talabalarning yashash sharoitlari o‘rganilib, ular bilan suhbat o‘tkazildi. Shuningdek, xonadon egalari bilan ham muloqot qilindi.

    Filial direktori nomidan talabalarga oziq-ovqat mahsulotlari ulashildi.

    Kelajagingizni VGIK bilan quring!

 

 

Youtube sahifamizga havola: Youtube | Telegram sahifamizga havola: ВГИК Ташкент | Facebook sahifamizga havola: Facebook

“Milliy liboslar va milliy qadriyatlar kuni”

    Bugun, 21 fevral 2025 yil, S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya universitetining Toshkent shahridagi filialida “Milliy liboslar va milliy qadriyatlar kuni” shiori ostida #milliy_challenge davom etmoqda.

    📌 Filial professor-o‘qituvchilari va talabalar milliy liboslarda tashrif buyurdilar. Ushbu kun milliy an’analarga bo‘lgan hurmatni namoyon etib, madaniy merosimizning muhimligini yana bir bor ta’kidladi.

     🧵 Milliy libos – bu tarix va madaniyatimizning ajralmas qismidir. U orqali biz o‘z an’analarimizga bo‘lgan hurmatni namoyon qilamiz va milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylaymiz.

    ✨ Kelajagingizni VGIK bilan quring!

 

 

 

 

Youtube sahifamizga havola: Youtube | Telegram sahifamizga havola: ВГИК Ташкент | Facebook sahifamizga havola: Facebook

17–20 fevral kunlari Seminar tashkil etildi.

    17–20 fevral kunlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamda Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti hamkorligida tashkil etilgan seminar doirasida S.A.Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya universiteti Toshkent shahridagi filialining Yoshlar masalasi va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor birinchi o‘rinbosari J.X.Shomurodov ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalish bo‘yicha 26 soatlik malaka oshirish o‘quvini muvaffaqiyatli yakunlab, sertifikatga ega bo‘ldi!

    Kelajagingizni VGIK bilan quring!

 

Ijtimoiy videorolik.

    Ushbu ijtimoiy videorolikni ko‘rib, beixtiyor ulug‘ ajdodimiz Abdurauf Fitratning quyidagi so‘zlari yodga tushdi:

    “Xalqning aniq maqsad sari harakat qilishi, davlatmand bo‘lishi, baxtli bo‘lib izzat-hurmat topishi, jahongir bo‘lishi yoki zaif bo‘lib xorlikka tushishi, baxtsizlik yukini tortishi, e’tibordan qolib, o‘zgalarga tobe va qul, asir bo‘lishi ularning o‘z ota-onalaridan bolalikda olgan tarbiyalariga bog‘liq”.

    Shunday ekan, bebaho madaniyatimizni asrab-avaylashga, ta’lim-tarbiyaga, farzandlarimiz kelajagiga befarq bo‘lmaylik…

    Videorolik ijodkorlariga esa bugungi kunning eng o‘g‘riqli muammosiga e’tibor qaratib, kishini mulohazaga undaydigan kontent tayyorlaganliklari uchun alohida minnatdorlik bildiraman.

 

Youtube vidoega havola: Youtube | Facebook sahifamizga havola: Facebook  |  Telegram sahifamizga havola: ВГИК Ташкент