Hamkorlik – amaliy ta’lim va ijodiy rivojlanish yo‘lida
BDKU Toshkent filiali direktori, professor I.M. Meliqo‘ziyev hamda “Focus Media” rahbari F.R. Yunusov o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Bugungi tadbir davomida “Focus Media” tomonidan ta’lim jarayoni, ko‘rgazma faoliyati hamda amaliy mashg‘ulotlar uchun mo‘ljallangan zamonaviy moddiy-texnik vositalar taqdim etildi. Kelgusida ham talabalar ushbu texnik imkoniyatlardan amaliy mashg‘ulotlar, ijodiy loyihalar va professional ko‘nikmalarni mustahkamlash jarayonida foydalanishlari rejalashtirilgan.
Mazkur hamkorlik yosh mutaxassislarning kasbiy salohiyatini oshirish, amaliy ta’lim sifatini yanada rivojlantirish hamda kino va media sohasida yangi ijodiy tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.



Youtube sahifamizga havola: Youtube | Telegram sahifamizga havola: ВГИК Ташкент | Facebook sahifamizga havola: Facebook
