Rahbar va yoshlar uchrashuvi



2026-yil 24-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyatlarga bag‘ishlangan yig‘ilishda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, 2026-yil 5-mart kuni S. A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya universiteti Toshkent filialida direktor, professor I. M. Meliqo‘ziyev talabalar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda direktor o‘rinbosarlari hamda kafedra mudiri ham ishtirok etdi.
Filialda talabalar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va sport bilan muntazam shug‘ullanish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida turli sport to‘garaklari tashkil etildi. Mazkur to‘garaklar faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish uchun filial hududida maxsus xonalar ajratildi.
Shuningdek, talabalarni zarur sport jihozlari bilan ta’minlash hamda sport zallari bilan hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha muzokaralar olib borildi.
Har payshanba kuni o‘tkaziladigan “Yoshlar kuni” doirasida talabalar bilan ochiq muloqotlar va yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan uchrashuvlar davom ettirilmoqda.
Kirib kelayotgan 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan filialning talaba-qizlari hamda ayol o‘qituvchi va xodimlari samimiy tabriklanib, filial direktori tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.
Youtube sahifamizga havola: Youtube | Telegram sahifamizga havola: ВГИК Ташкент | Facebook sahifamizga havola: Facebook





