2025-yil 18-dekabr kuni muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

    ⚡️2025-yil 18-dekabr kuni Rossiya Federatsiyasining Moskva shahridan tashrif buyurgan BDKI o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori I.V. Korotkov, prodyuser I.V.Soshnikova, shuningdek filial direktori I.M.Meliqo‘ziyev va “O‘zbekfilm” kinokonserni direktori B.B.Muhamedov ishtirokida muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

    ✔️Uchrashuv davomida mehmonlar “O‘zbekfilm” kinokonserni faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Tomonlar milliy kinematografiyani rivojlantirish, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi, ijodiy almashinuv hamda kelgusida o‘zaro samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari yuzasidan kelishuvga erishdilar.

    Mazkur uchrashuv xalqaro tajriba almashinuvi, yosh kadrlar tayyorlash va kino sohasida strategik hamkorlikni mustahkamlash yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

“Usi, Nervi, Shagomer”

    ⚡️2025-yil 18-dekabr kuni Rossiya Federatsiyasining Moskva shahridan tashrif buyurgan soha mutaxassislari uchun 4-kurs “Aktyorlik san’ati” ta’lim yo‘nalishi talabasi tomonidan sahnaviy ijodiy ish namoyish etildi. Ushbu sahna asari Ibrohim Rahimning aktyorlik maktabi an’analarini aks ettiruvchi “Usi, Nervi, Shagomer” asari asosida tayyorlandi.

    🔼Mazkur ijodiy ish filial dotsenti, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist Rustam Abdullayevich Sagdullayev rahbarligidagi ijodiy ustaxona hamda aktyorlik mahorati bo‘yicha pedagog, dotsent Mixail Davidovich Kaminskiy (marhum) ijodiy maktabi an’analari asosida sahnalashtirildi.

    Namoyish davomida ijodiy jamoaning aktyorlik mahorati, badiiy yechimlari, shuningdek, kino va teatr san’atiga xos uslubiy yondashuvlari yorqin namoyon bo‘ldi. Sahnaviy ko‘rinish mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otib, teatr va kino sohasidagi xalqaro hamkorlikni mustahkamlash yo‘lida muhim qadam sifatida baholandi.

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

Belenkov Yu.M mahorat darsi

    ⚡️2025-yil 18-dekabr kuni Moskva shahridan tashrif buyurgan taniqli soha mutaxassisi, rejissyor Belenkov Yu.M. tomonidan filial talabalari uchun mahorat darsi tashkil etildi.

    ✔️Mahorat darsi davomida talabalarga zamonaviy rejissura yondashuvlari, sahna va ekran bilan ishlash uslublari, shuningdek, ijodiy tajribalar asosida muhim bilim va amaliy tavsiyalar berildi.

    Ushbu uchrashuv yosh ijodkorlar uchun tajriba almashish, kasbiy mahoratni oshirish va ijodiy salohiyatni rivojlantirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

“Usi, Nervi, Shagomer”

    ⚡️2025-yil 18-dekabr kuni Rossiya Federatsiyasining Moskva shahridan tashrif buyurgan soha mutaxassislari uchun 4-kurs “Aktyorlik san’ati” ta’lim yo‘nalishi talabasi tomonidan sahnaviy ijodiy ish namoyish etildi. Ushbu sahna asari Ibrohim Rahimning aktyorlik maktabi an’analarini aks ettiruvchi “Usi, Nervi, Shagomer” asari asosida tayyorlandi.

    🔼Mazkur ijodiy ish filial dotsenti, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist Rustam Abdullayevich Sagdullayev rahbarligidagi ijodiy ustaxona hamda aktyorlik mahorati bo‘yicha pedagog, dotsent Mixail Davidovich Kaminskiy (marhum) ijodiy maktabi an’analari asosida sahnalashtirildi.

    Namoyish davomida ijodiy jamoaning aktyorlik mahorati, badiiy yechimlari, shuningdek, kino va teatr san’atiga xos uslubiy yondashuvlari yorqin namoyon bo‘ldi. Sahnaviy ko‘rinish mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otib, teatr va kino sohasidagi xalqaro hamkorlikni mustahkamlash yo‘lida muhim qadam sifatida baholandi.

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

BDKI o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori I.V.Korotkov tashrif buyurdilar.

    🗣️2025-yil 18-dekabr kuni BDKU Toshkent filialiga Rossiya Federatsiyasining Moskva shahridan BDKI o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori I.V.Korotkov hamda professor-o‘qituvchilari tashrif buyurdilar.

    Tashrif davomida barcha talabalar uchun mahorat darslari tashkil etilishi rejalashtirilgani ta’kidlandi. Mehmonlarni BDKU Toshkent filiali direktori, professor I.M. Meliqo‘ziyev filialda so‘nggi yillarda amalga oshirilgan ishlar va erishilgan natijalar bilan tanishtirdi.

    Muhokamalar jarayonida filialning 2025–2026-yil bitiruvchilarining bitiruv ijodiy ishlari atroflicha ko‘rib chiqildi hamda ularga yanada jiddiy e’tibor qaratish zarurligi bo‘yicha o‘zaro kelishuvga erishildi.

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

Davlat dasturi loyihasi doirasida

    ✔️Rossiya Federatsiyasining “Chet elda rus tilini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish” davlat dasturi hamda “Rus tilini o‘rganishga qiziqishni rag‘batlantirish tizimini shakllantirish” federal loyihasi doirasida 2025-yilda BDKU Toshkent filialiga tashrif buyurildi.

    Tashrif doirasida qabul komissiyasining mas’ul kotibi Sarkisyan Mariam Maratovna va rus va xorijiy tillar kafedrasi katta o‘qituvchisi Sterkina Natalya Iosifovna ishtirok etdilar.

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook