Prezident – yoshlarga:

    “Sizlar – Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari sifatida yangi tarix yaratadigan oltin avlodsiz!”

    📚 Yoshlarimiz xalqaro fan olimpiadalari, IT sohasida va xorijiy tillarni o‘rganishda yuqori natijalarga erishmoqda.

    👤 Prezident: “Bolaning yomoni bo‘lmaydi. Unga faqat kattalarning mehr-muhabbati, imkoniyatlarini namoyon qilish uchun sharoit va o‘ziga ishonch paydo bo‘lishi uchun motivatsiya kerak.”

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

“Dolzarb 90 kun”

    2025-yil 29-iyun kuni S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya universiteti Toshkent filialida “Dolzarb 90 kun” doirasi hamda “30-iyun – Yoshlar kuni” munosabati bilan o’qituvchi Rashid Malikov rahbarligidagi ijodiy ustaxonada tahsil olayotgan talabalar tomonidan suratga olingan filmlar namoyish etildi.

    Tadbirda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktorning birinchi o‘rinbosari J.X. Shomurodov, filial professor-o‘qituvchilari, talabalar hamda ota-onalar ishtirok etdi.

 

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

30-IYUN — YOSHLAR KUNI MUNOSABATI BILAN TAQDIRLASH!

    🎉 S.A. Gerasimov nomidagi BDKU Toshkent filialida 30-iyun — Yoshlar kuni munosabati bilan 2024–2025 o‘quv yilida o‘zining ijodiy faolligi, tashabbuskorligi va qatnashuvchanligi bilan ajralib turgan talabalarga faxriy yorliqlar topshirildi.

    🎓 Faxriy yorliqlar filial direktori, professor I.M. Meliqo‘ziyev tomonidan topshirildi.

    📌 Bu e’tirof — nafaqat erishilgan yutuqlarning qadrlanishi, balki har bir yosh ijodkorni yangi marralar sari ilhomlantirishdir!

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook