J.X. Shomurodov 24 soatlik malaka oshirish o‘quv kursida ishtirok etdi.

    Oliy ta’lim muassasalari yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktorning birinchi o‘rinbosari J.X. Shomurodov ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishlar bo‘yicha 24 soatlik malaka oshirish o‘quv kursida ishtirok etdi.

    ✅O‘quv kursi yakunida ishtirokchiga maxsus guvohnoma topshirildi.

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

“Karyera kuni” mehnat yarmarkasi

    BDKU Toshkent filialida tashkil etilgan “Karyera kuni” mehnat yarmarkasida bir qator tashkilotlar va kinostudiyalar faol ishtirok etdi.

    Tadbir doirasida BDKU Toshkent filiali bilan turli tashkilotlar o‘rtasida hamkorlik memorandumlari imzolandi. Ushbu kelishuvlar talabalarga amaliyot o‘tash, ijodiy loyihalarda ishtirok etish va kinosoha bo‘yicha ish topish imkoniyatlarini kengaytiradi.

    Mazkur rolik — “KAMRON FILM” MChJ kinostudiyasi bilan amalga oshirilayotgan ilk hamkorlik ishlarining birinchi qadami bo‘lib xizmat qiladi.

    Hozirda BDKU Toshkent filiali va “KAMRON FILM” MChJ o‘rtasida kelgusi rejalar ustida ham ish olib borilmoqda.

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

2025–2026 yilgi qabul jarayoniga tayyorgarlik

    2025-yil 16-iyun kuni S.A. Gerasimov nomidagi BDKU Toshkent filialida 2024–2025 o‘quv yili yakunlari va 2025–2026 yilgi qabul jarayoniga tayyorgarlik bo‘yicha muhim yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

    Yig‘ilishda Kinematografiya agentligining Ta’lim yo‘nalishini muvofiqlashtirish bo‘limi bosh mutaxassisi A.A. Xoshimov hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i Y.A. Eshonxonov ishtirok etdilar.

    Yig‘ilishda qabul komissiyasi tarkibi tasdiqlandi va abituriyentlar bilan ishlashda adolat, shaffoflik va ochiqlikni ta’minlash, korrupsion holatlarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha muhim chora-tadbirlar muhokama qilindi.

    Y.A. Eshonxonov o‘z nutqida har qanday korrupsiyaviy harakatlarga qarshi qat’iy choralar ko‘rilishi, har bir murojaat nazorat ostida bo‘lishi va abituriyentlarning huquqlari to‘liq himoya qilinishini ta’kidladi.

    Filial direktori, professor I.M. Meliqo‘ziyev hujjatlar qabuli va imtihonlar jarayoni yuqori darajada ochiq, qonuniy va adolatli tarzda o‘tkazilishi lozimligini alohida qayd etdi.

    📍Toshkent filiali jamoasi qabul jarayoniga jiddiy va mas’uliyat bilan yondashmoqda!

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

Filial Ilmiy kengashi faoliyatida: ilk bor “dotsent” ilmiy unvonlari berildi!

    🎓  2025-yil BDKU Toshkent filialida ilmiy faoliyat tarixida muhim bosqich boshlandi — Ilmiy kengash faoliyati doirasida ilk bor bir guruh professor-o‘qituvchilarga “dotsent” ilmiy unvoni Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan berildi.

    🎖 Ilmiy unvonga sazovor bo‘lganlar:
     • Mixail Davidovich Kaminskiy
     • Karim Xusanovich Mirxadiyev
     • Tamilla Suxrobovna Muxamedova
     • Rustam Abdullaevich Sagdullaev
     • Olga Viktorovna Volodina
     • Toxir Samandarovich Saidov
     • Ayub Shopatxiddinovich Shahobiddinov
     • Nozim Turobovich Tulyaxodjaev
     • Yusuf Suleymanovich Roziqov

    🎉 Ilmiy unvonlar Kinematografiya agentligi direktori Sh.T. Rizayev va filial direktori, professor I.M. Meliqo‘ziyev tomonidan tantanali ravishda topshirildi.

    📚 Bu yutuq – filial ilmiy salohiyatining yuksalayotganidan dalolat beradi. Barcha ustozlarimizni ushbu yuksak e’tirof bilan tabriklaymiz!

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook