“Ijodiy oliygohlar bitiruvchilari uchun Butunrossiya o’n kunligi” doirasid ahorat darsi bo‘lib o‘tdi.

    “Ijodiy oliygohlar bitiruvchilari uchun Butunrossiya o’n kunligi” doirasida mashhur rossiyalik kinoarbob, Rossiya Xalq artisti, kinorejissyor, ssenarist, aktyor, BDKU professori va badiiy film rejissyorligi kafedrasi mudiri – Vladimir Ivanovich Xotinenko tomonidan mahorat darsi bo‘lib o‘tdi.

    Mazkur mahorat darsida Toshkentdagi BDKU filiali talabalari ham ishtirok etishdi.

 

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

“Ijodiy oliygohlar bitiruvchilari uchun Butunrossiya o‘n kunligi”

    #“Ijodiy oliygohlar bitiruvchilari uchun Butunrossiya o‘n kunligi” doirasida tadbirlar boshlandi!

    2025-yil 19-maydan 23-maygacha S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya Davlat kinematografiya universitetida kinematografiya yo‘nalishiga oid qator tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda.

    Toshkentdagi filialdan loyiha doirasida ishtirok etish uchun filial direktori, professor I.M. Meliqo‘ziyev boshchiligida 22 nafar talaba va 1 nafar o‘qituvchi hozirda Moskvada tadbirlarda faol ishtirok etmoqda.

    Kuzatishda davom eting — qiziqarli yangiliklar oldinda!

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

2025-yil 16-may kuni filialida navbatdagi kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

    2025-yil 16-may kuni Toshkent shahridagi BDKU filialida navbatdagi kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishga filial direktori, professor I.M.Meliqo’ziyev raislik qildi.

    Kun tartibidagi asosiy masalalar:
     1. Ijro intizomi bo‘yicha – Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktorning birinchi o‘rinbosari J.Shomurodov axborot berdi.
     2. Talabalar turar joylari va ijarada yashayotgan talabalar bilan ishlash, ularning darslarga qatnashishini nazorat qilish – bu borada J.Shomurodov va Ssenariynavislk fakulteti dekani T.Muxamedova axborot berdilar.
     3. 2025-yil 28-yanvardagi №77a-sonli buyruq ijrosi yuzasidan Ishchi guruhning axboroti tinglandi (ta’lim sifatini nazorat qilish tizimini takomillashtirish haqida).
     4. 2025-2026 o‘quv yiliga tayyorgarlik doirasida auditoriyalar va maxsus xonalarni joriy ta’mirlash masalasi – bu borada Ishlar boshqarmasi boshlig‘i O.Avalboev axborot berdi.

    Mas’ullar taqdimotlar orqali hisobot berib, fikr almashdilar.

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

J.X. Shomurodov ijara va talabalar turar joylarida yashayotgan talabalar bilan uchrashdi.

    Bugun, 2025-yil 16-may kuni, BDKU Toshkent filiali Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktorning birinchi o‘rinbosari J.X. Shomurodov ijara va talabalar turar joylarida yashayotgan talabalar bilan uchrashdi.

    Uchrashuv davomida talabalar bilan ijara to‘lovlarining o‘z vaqtida amalga oshirilishi, yashash sharoitlari va darslarga qatnashish holatlari bo‘yicha suhbat olib borildi.

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

“Bexbudiy” nomli film

    ⚡️BDKU Toshkent filiali “Kino va televideniye rejissyurasi” yo‘nalishi 2-kurs talabasi, (Rashid Malikov ijodiy ustaxonasi) tomonidan suratga olingan “Bexbudiy” nomli film 2025-yil 12–14-may kunlari Qirg‘izistonning O‘sh shahrida bo‘lib o‘tgan “Suleyman-Too” MDH yoshlari kinoijodkorlari xalqaro kinofestivalida diplom bilan taqdirlandi.

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

Qisqa metrajli filmi — “Balerina”

    ⚡️BDKU Toshkent filiali “Kino va televideniye rejissyurasi” yo‘nalishi 1-kurs talabasi Hadicha Abdusattorova o‘zining qisqa metrajli filmi — “Balerina” ustida ishlashni boshladi.

    Filmda O‘zbekiston xalq artisti, filial dekani T.S. Muxamedova bosh rollardan birini ijro etdi.

    Filmni suratga olish jarayonida 1-kurs kinooperatorlik yo‘nalishi talabasi Vladimir Objigaylo operator sifatida ishtirok etmoqda.

    Loyiha “O‘zbekfilm” kinokontserni bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook