“Yangi avlod qahramonlari” nomli malaka oshirish kurslari davom etadi

    ⚡️2025-yil 7–10-may kunlari Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumanidagi “Renessans” bolalar oromgohida o‘tkazilayotgan “Yangi avlod qahramonlari” nomli malaka oshirish kurslarida bolalar uchun tarbiyaviy, milliy va zamonaviy ruhdagi qahramon obrazlarini yaratish, milliy kontent ishlab chiqishga qaratilgan ijodiy ishlanmalar taqdim etilmoqda.

    ✔️Mazkur loyiha doirasida Toshkentdagi BDKU filiali 3-kurs “Rejissura: kino va televideniye” yo‘nalishi talabasi Magametibragimova Munisa o‘zining “To’polonchi” nomli loyihasi bilan ishtirok etdi.

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

BDKU Toshkent filiali Chilonzor tumanidagi 103-sonli umumta’lim maktabiga tashrif buyurdi

    📌2025-yil 7-may kuni S.A. Gerasimov nomidagi BDKU Toshkent filiali targ‘ibot ishchi guruhi Chilonzor tumanidagi 103-sonli umumta’lim maktabiga tashrif buyurdi.

    ✔️Uchrashuv davomida o‘qituvchi-kinooperator Umid Malikov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Tamila Muxamedova hamda filial o‘qituvchi va talabalari maktab o‘quvchilariga BDKU filiali faoliyati, ta’lim yo‘nalishlari va ijodiy imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berdilar.

    ⭐️Kinematografiyaga qiziqqan o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar va ijodiy muhit bilan yaqindan tanishdilar.

    🗣️Eslatib o‘tamiz, 2025–2026 o‘quv yili uchun quyidagi yo‘nalishlarga abituriyentlar qabul qilinadi:
     ➡️Kinooperatorlik
     ➡️Kino va televideniye rejissyurasi
     ➡️Dramaturgiya

    ✉️Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun:
    @VGIKTashkent_bot

 

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

“Yangi avlod qahramonlari” nomli malaka oshirish kurslari

    2025-yil 7–10-may kunlari bolalar uchun tarbiyaviy, milliy va zamonaviy ruhdagi qahramon obrazlarini yaratish, milliy kontent tayyorlashga qaratilgan “Yangi avlod qahramonlari” nomli malaka oshirish kurslari Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumanidagi “Renessans” bolalar oromgohida bo‘lib o‘tmoqda.

     Tadbir doirasida ijodiy master-klasslar, treninglar va amaliy mashg‘ulotlar tashkil etilgan.

    S.A. Gerasimov nomidagi BDKU Toshkent shahar filialining direktori, professor I.M. Meliqo‘ziyev boshchiligida iqtidorli talabalardan iborat bir guruh ushbu mashg‘ulotlarda ishtirok etish uchun yuborildi.

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

2025 yil 2 may kuni yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

    2025 yil 2 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari A.B. Tajixanov rahbarligida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

    Mazkur yig‘ilishda respublikamizdagi barcha oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini ish bilan ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

    Yig‘ilishda S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya universiteti Toshkent filiali nomidan quyidagilar ishtirok etdilar:
     • filial direktori, professor I.M. Meliqo‘ziyev,
     • yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi direktor o‘rinbosari J.X. Shomurodov,
     • kadrlar bo‘yicha inspektor A.A. Yo‘ldoshev.

    Filial bitiruvchilarini ish bilan ta’minlash masalasi alohida ko‘tarilib, amaliy yechimlar muhokama qilindi.

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

2025-yil 30-aprel kuni Rossiya oliy ta’lim muassasalari filiallari rahbarlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

    ✔️2025-yil 30-aprel kuni Toshkent shahridagi Sankt-Peterburg davlat universitetida O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan Rossiya oliy ta’lim muassasalari filiallari rahbarlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

    Yig‘ilishda Rossiya Federatsiyasi Fan va oliy ta’lim vaziri o‘rinbosari K.I. Mogilevskiy, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Buzrukxonov S.M. ishtirok etdilar.

    S.A. Gerasimov nomidagi Rossiya davlat kinematografiya universitetining Toshkentdagi filiali nomidan quyidagi vakillar qatnashdilar:

     — Korotkov Igor Vladimirovich — BDKU o‘quv-uslubiy ishlar bo‘yicha prorektori;
     — Meliquziyev I.M. — BDKU Toshkent filiali direktori, professor;
     — Shomurodov J.X. — yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi direktor o‘rinbosari;
     — Xmirov Aleksey Vladimirovich — o‘quv-tarbiyaviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari.

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

Bugun Elyor Ishmuhamedov tavallud topgan kun.

    🎉Bugun — O‘zbekiston xalq artisti, taniqli rejissyor va ssenarist Elyor Ishmuhamedov tavallud topgan kun.

    👍BDKU Toshkent filiali jamoasi ustoz san’atkorni chin dildan tabriklaydi!

    ⭐️Elyor Ishmuhamedov ijodi — o‘zbek kinosining faxri, milliy madaniyatimizning bebaho boyligidir. U kishining filmlari san’at ahli va yosh avlod uchun ilhom manbaidir.

    ✨Ustozga sihat-salomatlik, bardavom umr va yangi ijodiy zafarlar tilaymiz!

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook