Kinooperatorlik yo‘nalishining 3-tur ijodiy imtihoni bo‘lib o‘tdi.
🎥 S.A. Gerasimov nomidagi BDKU Toshkent filialida 2025–2026 o‘quv yili uchun Kinooperatorlik yo‘nalishining 3-tur ijodiy imtihoni bo‘lib o‘tdi.
Ijodiy ustaxona rahbari – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi H.B. Xasanov.
Imtihonning 3-turi – abituriyentlarning ijodiy ishlari ko‘rib chiqildi. Taqdim etilgan ishlari filial direktori, professor, kinooperator-kinorejissyor I.M. Meliqo‘ziyev hamda o‘qituvchi U.R. Malikov tomonidan ko‘rib chiqilib, baholandi.






Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook
