Ustozim Abdurahim Isroilovich Ismoilovni tavallud ayyomlari bilan chin dildan tabriklayman!

    🎥 Ustozim – O‘zbekistonda “Kinoteleoperatorlik” san’ati maktabiga asos solgan, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, Davlat mukofoti sovrindori, professor, kinooperator va kinorejissyor – Abdurahim Isroilovich Ismoilovni tavallud ayyomlari bilan chin dildan tabriklayman!

    Siz yaratgan ijodiy maktab, yetishtirgan shogirdlaringiz va milliy kinomizga qo‘shgan ulkan hissangiz nafaqat kino sohasida, balki butun O‘zbekiston madaniy hayotida alohida o‘rin egallaydi.

    Sizga mustahkam sog‘liq, bardavom ijodiy ilhom va uzoq umr tilayman. Yana ko‘plab kino san’ati fidoyilari Sizdan saboq olib ulg‘ayishiga tilakdoshman.

    🎉 Hurmat bilan,shogirdingiz
    I.M. Meliqo‘ziyev,
    Toshkentdagi BDKU filiali direktori, professor

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

BDKU Toshkent filialida navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

     2025-yil 12-iyul kuni BDKU Toshkent filialida navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

    Yig‘ilishda filial direktorining o‘rinbosarlari yil yakuniga oid hisobotlarini taqdim etdilar. Kafedralar kesimida takliflar bildirildi, shuningdek, 2025-yil 21-iyul kuni Kinematografiya agentligiga topshiriladigan hisobotlar yuzasidan tayyorgarlik ishlari muhokama qilindi.

    Kontrakt bo‘yicha mas’ullar ma’lumotlarni taqdim etishdi. Yig‘ilish davomida yangi o‘quv yili qabuli va unga tayyorgarlik jarayonlari bo‘yicha masalalar ham ko‘rib chiqildi.

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

BDKU Toshkent filiali abituriyentlarni qabul qilishda davom etmoqda!

    🎓 Orzuyingizdagi kino olamiga birinchi qadamni qoʻying!
    📆 Shoshiling! Qabul davom etmoqda!

    Bakalavriat yoʻnalishlari:
    🎥 Rejissura (kino va TV)
    📸 Kinooperatorlik
    📝 Dramaturgiya

    2 yillik oliy kurslar yoʻnalishlari:
    🎬 Rejissura (kino va TV)
    📽 Kinooperatorlik
    🧠 Interaktiv media va golografiya rejissyori (animatsiya)
    🎭 Aktyorlik mahorati
    💼 Produserlik

    📌 Imtihonlar
     ijodiy ishlar ko‘rigi va suhbat asosida qabul qilinadi.

    🎥 Kelajagingizni VGIK bilan quring!

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

Bugun, 10 iyul Shuhrat Rizaev tavallud topgan kun.

    Bugun, 10 iyul – O‘zbekiston xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi, professor, “Do‘stlik” ordeni sohibi, O‘zbekiston Kinematografiya agentligi direktori, mashhur adabiyotshunos Shuhrat Rizaev tavallud topgan kun.

    🎉 BDKU Toshkent filiali jamoasi tug’ilgan kun munosabati bilan samimiy tabriklab, uzoq umr, mustahkam sog‘lik, oilaviy osoyishtalik va ijodiy kuch-quvvat tilaydi!

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

BDKU Toshkent filiali 2 yillik oliy kasbiy kurslarga qabul e’lon qiladi

🔹 Yo‘nalishlar:
– Kinorejissyor (Jaxongir Qosimov ijodiy ustaxonasi)
– Interaktiv media va golografiya rejissyori (animatsiya) (Begzod Salamov ijodiy ustaxonasi)
– Produserlik (Mannob Kuchkarov ijodiy ustaxonasi)
– Kinooperatorlik (Iqbol Meliqo‘ziyev ijodiy ustaxonasi)
– Aktyorlik san’ati ( Tohir Saidov ijodiy ustaxonasi

📌 Imtihonlar
ijodiy ishlar ko‘rigi va suhbat asosida qabul qilinadi.

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook