2025-yil 20-sentyabr kuni BDKU Toshkent filialida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
🔖2025-yil 20-sentyabr kuni BDKU Toshkent filialida Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari A. Yuldashev raisligida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
⬇️Kun tartibida professor-o‘qituvchilarga iqtidorli talabalarni biriktirish, ularning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, innovatsion va ilmiy-amaliy ishlanmalarni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
🗣️Yig‘ilishda “Dramaturgiya” yo‘nalishi 4-kurs talabasi Y. Shopathiddinov majlis kotibi etib saylandi. Shuningdek, “Yoshlar akademiyasi”ga filialdan “Dramaturgiya” yo‘nalishi 4-kurs talabasi M.Tursunov Muminjon Ismatilla o‘g‘li nomzodi tavsiya qilindi.
“Yoshlar akademiyasi” — Prezident qarori asosida tashkil etilgan tuzilma bo‘lib, u iqtidorli yoshlarning ilmiy va ijodiy tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashni maqsad qiladi.
Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook