“Rossiya — Markaziy Osiyo mintaqasi”

    ☄️BDKU Toshkent filiali talabalari “Rossiya — Markaziy Osiyo mintaqasi” forumida!

    💥20–23 oktyabr kunlari Omsk shahrida “Rossiya — Markaziy Osiyo mintaqasi” V Yosh liderlar forumi bo‘lib o‘tdi. Forumda butun mintaqadan talabalar, ijodkorlar va yosh mutaxassislar qatnashdi.

    ✔️BDKU Toshkent filialidan:
    Nikuladze Natella (5-kurs, “Kino va TV prodyuseri” yo‘nalishi)
    Konstantinov Stepan (2-kurs, “Kinooperatorlik mahorati” yo‘nalishi, Umid Rifardovich Malikov ustaxonasi) talabalari ishtirok etishdi.

    🎙Talabalar “Media” yo‘nalishida va spiker sifatida “Madaniy ko‘priklar” yo‘nalishida mahorat darsi o‘tkazib, prodyuserlik, storytelling hamda turli madaniyatlarni birlashtiruvchi loyihalar yaratish tajribasi bilan o‘rtoqlashishdi.

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

BDKU Toshkent filiali vakillari Uchtepa tumanidagi 44-maktabda uchrashuv o‘tkazishdi.

    ⚡️S.A. Gerasimov nomidagi BDKU Toshkent filiali vakillari Uchtepa tumanidagi 44-maktabda bo‘lib, kino san’atiga qiziqqan bitiruvchilar bilan uchrashuv o‘tkazishdi.

    ⭐️Filial talabalari va xodimlari o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashib, talabalik hayoti, ijodiy yo‘nalishlar hamda abituriyentlar uchun tayyorlov kurslari haqida batafsil ma’lumot berishdi.

    🔼Uchrashuv davomida o‘qish yo‘nalishlari, ijodiy kasblarning o‘ziga xos jihatlari va filialda ta’lim olish imkoniyatlari haqida so‘z yuritildi.

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

25-oktabr – Ichki ishlar organlari xodimlari kuni

    🎬 BDKU Toshkent filiali 2025-yil 23-oktabr kuni BDKU Toshkent filiali talabalari O‘zbekiston xalq artisti G‘ulomiddin Yo‘qubov ijrosidagi qo‘shiqqa videoklip tasvirga oldilar.

    💐 Mazkur ijodiy ish orqali talabalar 25-oktabr – Ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan barchani samimiy tabriklaydilar!

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

“Kino yoritish”

    🎬 BDKU Toshkent filiali 2025-yil 27-oktabr kuni BDKU Toshkent filiali Kinooperatorlik yo‘nalishi 2-kurs talabalari, Umid Malikov ijodiy ustaxonasi ishtirokchilari “Kinooperatorlik mahorati” va “Kino yoritish” fanlari bo‘yicha ijodiy ishlarini amalga oshirish uchun tayyorgarlik ko‘rmoqdalar.

    📽 Ushbu jarayon “O‘zbekfilm” kinokonserni bilan hamkorlikda olib borilmoqda. Har bir talaba uchun qisqa voqealarga asoslangan maxsus dekoratsiyalar qurilib, tasvirga olish ishlari tashkil etilmoqda.

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook