BDKU Toshkent filialida navbatdagi ilmiy kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
✔️2025-yil 30-sentabr kuni BDKU Toshkent filialida navbatdagi ilmiy kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
🗣️Yig‘ilish boshida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan BDKU Toshkent filiali professor va o‘qituvchilarining mehnatlari e’tirof etilib, ularga «Madaniyat va san’at fidokori» ko‘krak nishoni, «Oliy ta’lim a’lochisi» nishoni, shuningdek «Yuksak mehnatlari uchun» faxriy yorlig‘i topshirilgani haqida ma’lumot berildi.
📌Kun tartibidagi masalalarga ko‘ra:
• ijro intizomi va kontrakt to‘lovlari bo‘yicha buxgalteriya hisobotlari,
• ilmiy unvonlar olish uchun Oliy attestatsiya komissiyasiga tegishli hujjatlarni taqdim etish masalalari bo‘yicha mas’ullarning hisobotlari tinglandi.
⭐️Shuningdek, ilmiy kengash davomida 1-oktabr – Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan filial professor-o‘qituvchilari tabriklandi.
Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook