Filialda ta’lim jarayonini takomillashtirish bo‘yicha tashrif yakunlari

    📌 ⚡️Tashrif doirasida filialda ta’lim jarayonini yanada takomillashtirishga qaratilgan mahorat darslari tashkil etildi. O‘quv jarayoni, o‘quv-amaliy mashg‘ulotlar hamda tashkiliy-boshqaruv faoliyati holati kompleks tarzda o‘rganildi.

    O‘rganish jarayonida filial faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlar yuzasidan atroflicha muhokamalar olib borildi. Shuningdek, ta’lim va amaliyot sifatini oshirishga qaratilgan qo‘shimcha takliflar ko‘rib chiqildi.

    Mazkur masalalar yuzasidan muhim ishchi yig‘ilish o‘tkazilib, takliflarni bosqichma-bosqich amalga oshirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.

    Shu bilan birga, so‘nggi qisqa muddat ichida filialda amalga oshirilgan o‘quv-amaliy ishlar ijobiy baholanib, talabalarning ijodiy va amaliy tayyorgarligi darajasida sezilarli ijobiy o‘sish kuzatilgani alohida ta’kidlandi.

    ➡️Filial direktori tomonidan direktor o‘rinbosarlari, bo‘lim boshliqlari hamda kafedra mudirlariga:
     • aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish,
     • mavjud xatolar ustida mas’uliyat bilan tizimli ish olib borish,
     • 2026–2027 o‘quv yillariga puxta tayyorgarlik ko‘rish,
     • qabul ko‘rsatkichlarini oshirish bo‘yicha aniq topshiriqlar va ijro mexanizmlari belgilab berildi.

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook