BDKUda do‘stlik va madaniy aloqalarni mustahkamlash maqsadida ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

    2025-yil 20-iyun kuni S.A. Gerasimov nomidagi BDKU Toshkent filialida do‘stlik va madaniy aloqalarni mustahkamlash maqsadida ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

    Tadbirda tojik, qozoq, qoraqalpoq, rus, qirg‘iz, turkman, tatar, koreys, ozarbayjon va belarus madaniy markazlari vakillari ishtirok etdi.

    Uchrashuv davomida 2-kurs talabasі, Kino va televideniye prodyuserligi fakulteti vakili Gochman Valentin o‘zining mualliflik loyihasi — “Xalqlar do‘stligi” nomli hujjatli qisqa metrajli filmi pitching taqdimotini o‘tkazdi.Filmni suratga olish ishlari madaniy markaz rahbarlari bilan kelishib olindi.

    Tadbirda filial direktori, professor I.M. Meliqo’ziyev, Ozarbayjon madaniy markazi ijrochi direktori G.Sh. Mexraliyeva, O‘zbekiston rus madaniy markazi rais o‘rinbosari N.P. Kovalenko, Koreys madaniy markazlari assotsiatsiyasi rais o‘rinbosari A.I. Kim, Qozog‘iston madaniy markazi raisi S.B. Usenov, Tojikiston milliy madaniy markazi raisi G.S. Subxonova, Qirg‘iziston madaniy markazi raisi R. Jabborov ishtirok etdilar.

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

Imtihon oldi himoya bo’lib o’tdi.

    2025-yil 21-iyun kuni BDKU Toshkent filialida 4-kurs dramaturgiya yo‘nalishi talabalari ijodiy ishlari bo‘yicha imtihon oldi himoya bo’lib o’tdi.

    Himoyada filial direktori professor I.M. Meliqo‘ziyev ishtirok etdi. Shuningdek, professor E.M. Ishmuxamedov, professor O.A. Agishev va yoshlar masalalari bo‘yicha direktor o‘rinbosari J.X. Shomurodov ham kuzatuvchi sifatida qatnashdi.

    Talabalarga asosiy imtihon oldidan muhim tavsiyalar berildi.

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

“Kinooperatorlik mahorati bo‘yicha ijodiy seminar” fanidan imtihoni bo‘lib o‘tdi.

    📚 2025-yil 21-iyun kuni BDKU Toshkent filialida 1-kurs Kinooperatorlik yo‘nalishi talabalarining “Kinooperatorlik mahorati bo‘yicha ijodiy seminar” fanidan imtihoni bo‘lib o‘tdi.

    👨‍🏫 Fan o‘qituvchisi: U.R. Malikov

    📌 Imtihonda quyidagilar ishtirok etdi:
     – filial direktori, professor I.M. Meliqo‘ziyev,
     – yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktorning birinchi o‘rinbosari J.X. Shomurodov.

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

2025–2026 o‘quv yili uchun qabul boshlanganini e’lon qiladi!

    BDKU Toshkent filiali 2025–2026 o‘quv yili uchun qabul boshlanganini e’lon qiladi!

    🎭 Aktyorlik san’ati yo’nalishi bo’yicha 2 yillik oliy kurslar uchun qabul boshlandi!

    🎬 O‘zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist, teatr va kino aktyori Saidov Tohir Samandarovich ijodiy ustaxonasi!

    ⏳ Shoshiling!

    📌 Imtihonlar ijodiy suhbat asosida o‘tkaziladi.

    📞 Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
     +998 94 728-82-71
     +998 99 147-22-66
     @VGIKTashkent_bot

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

“Kinosyemka apparaturasi va yordamchi texnika” fanidan imtihon bo‘lib o‘tdi.

    📚 2025-yil 20-iyun kuni BDKU Toshkent filialida kinooperatorlik yo‘nalishi 1-kurs talabalari uchun “Kinosyemka apparaturasi va yordamchi texnika” fanidan imtihon bo‘lib o‘tdi.

    👨‍🏫 Fan o‘qituvchisi: Xasanov Xamidulla Babaevich

    📌 Imtihonda quyidagilar ishtirok etdi:
     – filial direktori, professor I.M. Meliqo‘ziyev,
     – yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktorning birinchi o‘rinbosari J.X. Shomurodov.

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook