29-may kuni soat 11:00 da Ilya Kojuhar bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tadi.

    📘 29-may kuni soat 11:00 da Toshkentdagi BDKU filialida teatr va kino aktyori, ssenarist, pedagog Ilya Kojuhar bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tadi.

    Tadbir davomida u o‘zining yangi kitobi — “Rol tahlili. Aktyorlar, rejissyorlar va ssenaristlar uchun psixologiya” asarini taqdim etadi.

    Ilya Kojuhar — S.A. Gerasimov nomidagi BDKU o‘qituvchisi, “Aktyorlar uchun psixologiya” kursi muallifi. U psixologik bilim san’atkorlar uchun qanday foydali bo‘lishi mumkinligi haqida so‘zlab beradi.

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

Ssenariusdan ssenariygacha” mavzusida Q&A (savol-javob) bo‘lib o‘tadi!

    📣 29-may, soat 11:00 da Toshkentdagi BDKU filialida yozuvchi va dramaturg Natalya Sterkina ishtirokida “Ssenariusdan ssenariygacha” mavzusida Q&A (savol-javob) formatidagi mahorat darsi bo‘lib o‘tadi!

    Tadbirda yuqori sinf o‘quvchilari, talabalar, bitiruvchilar va abituriyentlar ishtirok etishi mumkin.

    Natalya Iosifovna Sterkina — Moskva yozuvchilar uyushmasi va Rossiya yozuvchilar uyushmasi a’zosi, 6 ta nasriy kitob, bir nechta pyesa va kinossenariylar muallifi.

    Manzil: Toshkent shahri,Chilonzor ko’chasi 1 A.

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

“Imom Moturidiy kubogi” sport musobaqalari bo‘lib o‘tdi.

    ✅ Bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Sport – tinchlik elchisi” shiori ostida “Imom Moturidiy kubogi” sport musobaqalari va “Islom – salomatlik targ‘ibotchisi” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

    Tadbirda, shuningdek, turli oliy ta’lim muassasalari vakillari, jumladan, S.A. Gerasimov nomidagi BDKU Toshkent filiali yoshlar masalasi va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor birinchi o‘rinbosari J. Shomurodov ham qatnashdi.

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

Igor Klebanov Toshkentda!

    Rossiya Federatsiyasining Xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, Rossiya Federatsiyasining Xalq artisti, Yevropa kinooperatorlar Ittifoqi (IMAGO) a’zosi, “Nika” mukofoti sohibi Igor Klebanov Toshkentda!

    2025-yil 25–30-may kunlari taniqli kinooperator, ustoz Igor Klebanov BDKU Toshkent filialiga mahorat darslari o‘tkazish uchun tashrif buyurdi.

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook