Ikkinchi jahon urushida qo‘shilgan g‘alabaning 80 yilligi

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-fevraldagi “Ikkinchi jahon urushida qo‘shilgan g‘alabaning 80 yilligi hamda Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish va munosib nishonlash to‘g‘risida”gi qarori, shuningdek, S.A. Gerasimov nomidagi BDKU tomonidan 2024-yil 5-sentabrda tasdiqlangan Toshkent shahardagi filial Nizomida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida amaliy loyiha yo‘lga qo‘yildi.

    S.A. Gerasimov nomidagi BDKU Toshkent shahri filialiнинг “Kinorejissyorlik” yo‘nalishi 3-kurs talabasi — Magametibragimova Munisa Ibrohim qizi tomonidan “Tinchlik uchun rahmat” nomli qisqa metrajli film va roliklar suratga olinmoqda.

     Tasvirga olish ишлари boshlandi va ular Bo‘stonliq tumani So‘qoq qishlog‘ida olib borilmoqda.

    Loyihada quyidagi talabalar ishtirok etmoqda:
     • Shahobiddinov Sadriddin — 1-kurs, Produserlik
     • Elmirov Elnar — 3-kurs, Aktyorlik san’ati
     • Khromykh Darya — 3-kurs, Aktyorlik san’ati
     • Zakharov Danil — 3-kurs, Kino va televideniye rejissyori

    Loyiha “Ўзбекфильм” DUK bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

2025-yil 19–21-aprel kunlari Moskvada Ikkinchi Xalqaro she’riyat ijrochiligi tanlovi bo‘lib o‘tdi.

    ⚡️2025-yil 19–21-aprel kunlari Moskvada Konstantin Raykin nomidagi Yuqori sahna san’ati maktabida (Teatr maktabi) teatr oliygohlari va kollej talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan “Taburetka” nomli Ikkinchi Xalqaro she’riyat ijrochiligi tanlovining yakuniy (an’anaviy) bosqichi bo‘lib o‘tdi.

    ✔️Tanlovda Rossiyaning turli hududlari, Moskva va Sankt-Peterburg, shuningdek, yaqin xorijdan 50 dan ortiq ishtirokchi qatnashdi.

    ☄️BDKU Toshkent filiali nomidan ssenariynavislik fakulteti dotsenti Yusupova V.I. va aktyorlik san’ati yo‘nalishining 3-kurs talabasi Azamov Nodirbek hamda talabalar Ten Andrey va Fadeyev Valeriy tanlovda munosib ishtirok etdilar.

    ⭐️Azamov Nodirbek quyidagi yo‘nalishlarda muvaffaqiyatli natijalarga erishdi:
     • “Klassika” nominatsiyasi bo‘yicha – faxrli 2-o‘rin, A.S. Pushkinning “Mozart va Saleri” (Kichik fojialar) asaridan Salerining monologini o‘qiganligi uchun;
     • “Zamonaviylik” nominatsiyasi bo‘yicha – Aleksandr Chatskiyning “Omadli ov” she’rini o‘qiganligi uchun 3-o‘rin.

    ✨Barcha ishtirokchilarimizni samimiy tabriklaymiz va ularga yangi sahna zafarlari tilaymiz!

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

“Tinchlik uchun rahmat” qisqa metrajli filmiga lokatsiya tanlandi🌿

    ✔️2025 -yil 19-aprel kuni BDKU Toshkent filialining ijodiy guruhi “Tinchlik uchun rahmat” nomli qisqa metrajli film uchun lokatsiya tanlash maqsadida tog‘li hududlarga tashrif buyurdi.

    ⚡️Film rejissyori — 3-bosqich “Rejissura kino va TV” yo‘nalishi talabasi Munisa Magamet, postanovkachi operator- — 1-bosqich «Produserlik» yo‘nalishi talabasi Sadriddin Shahobiddinov.

    💥Guruh tarkibiga produser, operator, rassom-postanovshchik va boshqa ijodiy jamoa a’zolari kirdi. Ular tog‘li manzaralardan ilhom olib, film atmosferasini ochib berishga xizmat qiladigan vizual yechimlarni izlashdi.

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

“Amadey” filmining kult sahnasi — BDKU talabalari ijrosida

    🗣️“Kinoyoritish” fanidan o‘quv topshirig‘i doirasida BDKU talabalari “Amadey” filmining mashhur sahnasini foto-raskadrovka tarzida qayta yaratishdi. Loyiha yorug‘lik dramaturgiyasi, kompozitsion tafakkur va jamoaviy ijod asosida shakllandi.

    ✔️Amaliy mashg‘ulotlar ustozlar M. Saliev va U. Malikov rahbarligida olib borildi. Ularning ko‘magi talabalar uchun ijodiy tayanch bo‘ldi.

    ⚡️Shuningdek, “O‘zbekfilm” kinokonsernining yorituvchilari, kostyumerlar, rekvizitorlar va texnik xodimlarning yordami asosida loyiha yanada jonli chiqdi.

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

Umid Malikov ijodiy ustaxonasi: amaliy mashg‘ulotlar davom etmoqda

    📌Kinooperatorlik yo‘nalishi talabalari Umid Malikov rahbarligida amaliy mashg‘ulot davomida “Choponcha” nomli davlat loyihasining suratga olish jarayonida ishtirok etdilar. Loyiha rejissyori — Jamoliddin Kuziboyev, postanovkachi operator — Umid Malikov.

    💥Talabalar suratga olish maydonida haqiqiy tajriba orttirishdi va o‘z malakalarini oshirishdi.

    ⭐️Umid Malikov talabalarni tasvirga olish maydonida amaliy jihatdan o‘qitishni davom ettirmoqda.

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook