Zamonaviy texnika – yangi imkoniyat

    2026-yil 28-fevral kuni filial direktori, professor I. M. Meliqo‘ziyev 1-bosqich Oliy kinooperatorlik kursi talabalari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

    Uchrashuv davomida talabalar uchun professional tasvirga olish texnikasini xarid qilishda moddiy imkoniyatlar cheklanganligi inobatga olinib, amaliy ko‘mak masalalari muhokama qilindi.

    Natijada, “Kinolab” AI kinostudiyasi bilan hamkorlik doirasida talabalar zamonaviy texnik jihozlardan doimiy foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

    Shuningdek, “Kinooperatorlik mahorati” fanidan ma’ruza-amaliy mashg‘ulot ham tashkil etildi.

    Mazkur tashabbus talabalar bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash, ularning professional rivojlanishiga xizmat qiladi.

 

Youtube sahifamizga havola: Youtube | Telegram sahifamizga havola: ВГИК Ташкент | Facebook sahifamizga havola: Facebook

Ochiq muloqot va ijodiy tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash

 

   2026-yil 27-fevral kuni filial direktori, professor I. M. Meliqo‘ziyev 2-kurs Kinooperatorlik yo‘nalishi talabalari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

    Uchrashuv davomida talabalar tomonidan bildirilgan muammolar va takliflar tinglandi, ularning ijodiy ishlari ko‘rib chiqildi.

    Muloqot yakunida kurs talabalari ijodiy ishlarining ko‘rgazmasini tashkil etish hamda uni yuqori saviyada o‘tkazish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib berish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Youtube sahifamizga havola: Youtube | Telegram sahifamizga havola: ВГИК Ташкент | Facebook sahifamizga havola: Facebook

🎬2026–2027 o‘quv yili uchun

    🎓55.05.04 — Prodyuserlik yo‘nalishi

    Mashhur prodyuser va kinorejissyor Krivosheyev Feliks Efimovich ijodiy ustaxonasiga talabalar qabul qiladi!

    Bu – kino sohasida professional faoliyat yuritishni maqsad qilgan, yetakchi loyihalarni boshqara oladigan, ijodiy va tashkiliy salohiyatga ega yoshlar uchun katta imkoniyat.

📌Jami 20 ta o‘rin:
🎓6 ta — grant
💼14 ta — kontrakt

✉️Ma’lumot uchun:
@VGIKTashkent_bot
📞 +998 99-855-74-20
📞 +998 90-185-35-31
📞 +998 99-147-22-66

⚡️Kelajak prodyuserlari shu ustaxonada shakllanadi!

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

Hamkorlik – amaliy ta’lim va ijodiy rivojlanish yo‘lida

    BDKU Toshkent filiali direktori, professor I.M. Meliqo‘ziyev hamda “Focus Media” rahbari F.R. Yunusov o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

    Bugungi tadbir davomida “Focus Media” tomonidan ta’lim jarayoni, ko‘rgazma faoliyati hamda amaliy mashg‘ulotlar uchun mo‘ljallangan zamonaviy moddiy-texnik vositalar taqdim etildi.                Kelgusida ham talabalar ushbu texnik imkoniyatlardan amaliy mashg‘ulotlar, ijodiy loyihalar va professional ko‘nikmalarni mustahkamlash jarayonida foydalanishlari rejalashtirilgan.

   Mazkur hamkorlik yosh mutaxassislarning kasbiy salohiyatini oshirish, amaliy ta’lim sifatini yanada rivojlantirish hamda kino va media sohasida yangi ijodiy tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.

 

 

Youtube sahifamizga havola: Youtube | Telegram sahifamizga havola: ВГИК Ташкент | Facebook sahifamizga havola: Facebook

“Karyera kuni” – Mehnat yarmarkasi

    2026-yil 24-fevral kuni davlatimiz rahbari tomonidan yoshlar bilan o‘tkazilgan uchrashuvda belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya universiteti Toshkent filialida 2026-yil 26-fevral kuni bitiruvchi talabalarni ishga samarali taqsimlashga qaratilgan “Karyera kuni” – Mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi.

    Tadbirda quyidagi nufuzli mehmonlar ishtirok etdilar:
     • A. V. Yerxov – Rossiya Federatsiyasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi
     • Rossotrudnichestvoning O‘zbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi rahbari I.A. Staroselskaya
     • Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Axborot xizmati rahbari, polkovnik Sh.K. G‘iyosov
     • Oʻzbekiston davlat akademik rus drama teatri direktori O.A. Vasilev
     • Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi direktori B.K. Adilov
     • O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining kasbiy malakalarni rivojlantirish bo‘yicha bosh mutaxassisi A.G‘. Turobxo‘jayev
     • “Chilonzor” mahallasi raisi A.B. Abdullayev
     • shuningdek, teatrlar, kinostudiyalar rahbarlari hamda telekanallar vakillari

     “Karyera kuni” – bu nafaqat bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi, balki professional kelajak sari qo‘yilgan mustahkam qadamdir.

 

 

 

Youtube sahifamizga havola: Youtube | Telegram sahifamizga havola: ВГИК Ташкент | Facebook sahifamizga havola: Facebook

MUROJAATNOMA

    Hurmatli filial jamoasi – professor-o‘qituvchilar, xodimlar va aziz talabalar!

    2026-yil 24-fevral kuni Ko‘ksaroy qarorgohida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida yoshlar bilan o‘tkazilgan uchrashuv davomida yoshlarga oid 32 ta muhim tashabbus va qarorlar belgilab berildi. Ushbu tashabbuslar yoshlar siyosatini rivojlantirish, ta’lim tizimi samaradorligini oshirish va yoshlar salohiyatini qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

    Filialimiz faoliyatida quyidagi ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirishni davom ettiramiz:
     1. Har haftaning payshanba kunini “Yoshlar kuni” sifatida belgilash va talabalar bilan ochiq muloqotlar o‘tkazish;
     2. Bitiruvchilarni ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish maqsadida ish beruvchi tashkilotlar ishtirokida uchrashuvlar, stajirovkalar va mahorat darslarini tashkil etish;
     3. Startap va innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlash;
     4. Xalqaro ta’lim va akademik almashinuv dasturlarini rivojlantirish;
     5. Zamonaviy kasblar, IT va xorijiy tillarni o‘qitish tizimini takomillashtirish.

    Barchangizni ushbu imkoniyatlardan samarali foydalanishga chaqiraman.

    Hurmat bilan,
    “S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya kinematografiya universiteti” Toshkent shahar filiali
    Direktor, professor I.M. Meliqo‘ziyev