Shaxmat – aql va mantiq o‘yini!

    💥2025-yil 26-aprel kuni Toshkent shahridagi Singapur Menejmentni Rivojlantirish Instituti tomonidan Toshkent viloyati Angren tumanida joylashgan “Yangiobod” dam olish maskanida xalqaro oliy o‘quv yurtlari o‘rtasida shaxmat bo‘yicha turnir bo‘lib o‘tdi.

    ⭐️BDKU Toshkent filiali talabalari ushbu nufuzli musobaqada faol qatnashib, bilim va mahoratlarini namoyish etdilar.

    🗣️Umumiy ishtirok etgan 30 institutlar ichida Azimova Shoxinabonu Shaxzodovna qizlar shaxmat turnirida 7 o’rin oldi. Yigitlar ichida Xalilov Davlat Shuxratovich esa 16 o’rin egalladi!

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

BDKU Toshkent filialida profilaktik tadbir o‘tkazildi

    📌2025-yil 8-martdagi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 15/11-sonli qo‘shma qarorini ijro etish maqsadida, shuningdek, talabalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning ma’naviy-axloqiy fazilatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan ommaviy madaniyat, yot va buzg‘unchi g‘oyalardan asrash, radikallashuv va boshqa salbiy holatlar, huquqbuzarliklarning oldini olish yo‘lida 2025-yil 25-aprel kuni Toshkent shahridagi S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya kinematografiya universiteti filialida profilaktik tadbir o‘tkazildi.

    🗣️Tadbirda Chilonzor tumani IIO FMB boshlig‘i podpolkovnik Haydarov Nematullo Ibragimjonovich, uning o‘rinbosari podpolkovnik Asqarov Muzaffar G‘ulomzokirovich, IIOning bir guruh xodimlari, BDKU filiali direktori, professor I.M.Meliqo’ziyev, filial ma’muriyati, professor-o‘qituvchilari va talabalar ishtirok etishdi.

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

4-bosqich produserlik fakulteti talabasi Ak1MarU Show» nomli yangi media-loyihasini taqdim etdi.

    🗣️BDKU Toshkent filiali 4-bosqich produserlik fakulteti talabasi Ibragimov Adadiy o‘zining «Ak1MarU Show» nomli yangi media-loyihasini filial rahbariyatiga taqdim etdi.

    ✨Ushbu loyiha 2025-yil sentabr oyida taqdim etilishi rejalashtirilgan bo‘lib, BDKU Toshkent filiali va “O‘zbekfilm” kinokonserni hamkorligida amalga oshiriladi.

    💥Bundan tashqari, Adadiy Moskvada «Yevroosiyo Kino Laboratoriyasi» doirasida suratga olingan, Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 80 yilligiga bag‘ishlangan «Kechikkgan maktub…» nomli qisqa metrajli filmini ham namoyish etdi.

    ➡️Taqdimotda filial direktori, professor I.M. Melikuziev, yoshlar masalalari bo‘yicha birinchi direktor o‘rinbosari J.X. Shomurodov va direktor maslahatchisi R.G. Korahujayev ishtirok etib, loyihani bir ovozdan qo‘llab-quvvatladilar.

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

“Xotira aziz, qadr muqaddas!”

    💥BDKU Toshkent filiali talabalari “O’zbekfilm” kinokonserni bilan hamkorlikda “Tinchlik uchun raxmat” nomli qisqa metrajli film suratga olishmoqda.

    Ijodiy guruh:
     — Munisa Magamet, Kino va TV rejissyorligi yo‘nalishi, 3-bosqich talabasi — film rejissyori
     — Sadriddin Shaxobiddinov, Produsserlik fakulteti, 1-bosqich talabasi — film operatori

    Kelajagingizni VGIK bilan quring!

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

Ikkinchi jahon urushida qo‘shilgan g‘alabaning 80 yilligi

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-fevraldagi “Ikkinchi jahon urushida qo‘shilgan g‘alabaning 80 yilligi hamda Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish va munosib nishonlash to‘g‘risida”gi qarori, shuningdek, S.A. Gerasimov nomidagi BDKU tomonidan 2024-yil 5-sentabrda tasdiqlangan Toshkent shahardagi filial Nizomida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida amaliy loyiha yo‘lga qo‘yildi.

    S.A. Gerasimov nomidagi BDKU Toshkent shahri filialiнинг “Kinorejissyorlik” yo‘nalishi 3-kurs talabasi — Magametibragimova Munisa Ibrohim qizi tomonidan “Tinchlik uchun rahmat” nomli qisqa metrajli film va roliklar suratga olinmoqda.

     Tasvirga olish ишлари boshlandi va ular Bo‘stonliq tumani So‘qoq qishlog‘ida olib borilmoqda.

    Loyihada quyidagi talabalar ishtirok etmoqda:
     • Shahobiddinov Sadriddin — 1-kurs, Produserlik
     • Elmirov Elnar — 3-kurs, Aktyorlik san’ati
     • Khromykh Darya — 3-kurs, Aktyorlik san’ati
     • Zakharov Danil — 3-kurs, Kino va televideniye rejissyori

    Loyiha “Ўзбекфильм” DUK bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook