Bugun Abdurahim Ismoilovning tavallud topgan kuni.

    🎉Bugun, 24 iyul – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, Davlat mukofoti sovrindori, professor, taniqli kinooperator va kinorejissyor, BDKU Toshkent filiali professori Abdurahim Ismoilovning tavallud topgan kuni.

    Ijodiy faoliyatingizdagi yutuqlaringiz, milliy kino san’atini rivojlantirish yo‘lidagi fidokorona xizmatlaringiz va yosh kadrlarni tayyorlashdagi hissangiz yuksak e’tiborga loyiq.
    Sizga mustahkam sog‘lik, bardavom ilhom va yangi zafarlar tilaymiz.

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

BDKU jamoasi Shavkat Mirziyoyevni tavallud kunlari bilan chin dildan tabriklaydi!

    🎉 S.A. Gerasimov nomidagi BDKU Toshkent filiali jamoasi yurtboshimiz – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni tavallud kunlari bilan chin dildan tabriklaydi!

    Janob Prezident, Sizning rahbarligingiz ostida yurtimizda madaniyat, san’at va ta’lim sohalarida olib borilayotgan islohotlar, yosh avlodga berilayotgan keng imkoniyatlar biz – san’at va ijod vakillari uchun katta ilhom va mas’uliyat manbaidir.

    Sizga mustahkam sog‘liq, tinimsiz kuch-g‘ayrat va ulkan zafarlar tilaymiz. Yurtimiz ravnaqi va xalqimiz farovonligi yo‘lidagi ezgu faoliyatingiz bardavom bo‘lsin!

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

2 yillik oliy kasbiy kurslarga qo‘shimcha qabul davom etadi

    🎬 BDKU Toshkent filiali bakalavr yo‘nalishlari va 2 yillik oliy kasbiy kurslarga qo‘shimcha qabul 29.07.2025 yilgacha uzaytirilganini e’lon qiladi!

    🔹 Bakalavr yo‘nalishlari:
     • Kino va televideniye rejissyori
     • Dramaturgiya
     • Kinooperatorlik

    🔹 2 yillik oliy kasbiy kurslar yo‘nalishlari:
     • Kino lokatsiya prodyuserligi
     • Teledasturlar boshlovchisi
     • Teatr va kino aktyori uchun
     • Kinorejissura
     • Vizual kontent, televideniye va kino ssenaristi
     • Golografiya va interaktiv media rejissyori
     • Kinoshunos-muharrir
     • Kinooperatorlik

    📌 Imtihonlar ijodiy ishlar ko‘rigi va suhbat asosida o‘tkaziladi.

    Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
    @VGIKTashkent_bot
    📞 +998 94 728-82-71
    📞 +998 99 147-22-66

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

Kinooperatorlik yo‘nalishining 3-tur ijodiy imtihoni bo‘lib o‘tdi.

    🎥 S.A. Gerasimov nomidagi BDKU Toshkent filialida 2025–2026 o‘quv yili uchun Kinooperatorlik yo‘nalishining 3-tur ijodiy imtihoni bo‘lib o‘tdi.

    Ijodiy ustaxona rahbari – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi H.B. Xasanov.

    Imtihonning 3-turi – abituriyentlarning ijodiy ishlari ko‘rib chiqildi. Taqdim etilgan ishlari filial direktori, professor, kinooperator-kinorejissyor I.M. Meliqo‘ziyev hamda o‘qituvchi U.R. Malikov tomonidan ko‘rib chiqilib, baholandi.

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook