21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni

    BDKU Toshkent filiali direktori, professor Iqbol Meliqo‘ziyevning O‘zbek tili bayrami munosabati bilan tabrigi!

    ✨Hurmatli yurtdoshlar, aziz hamkasblar, qadrli talabalar!

    ⚡️S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya universiteti Toshkent filiali jamoasi Sizlarni O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 36 yilligi hamda “21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni” bilan chin dildan tabriklaydi.

    Til – millatning ruhi, qalbi va g‘ururidir. Ona tilimizni qadrlash, uni asrab-avaylash, avloddan-avlodga yetkazish – har birimizning muqaddas burchimizdir.

    Biz kinematografiya sohasi vakillari yaratadigan har bir film, har bir ijodiy asar orqali o‘zbek tilining jozibasi, boyligi va go‘zalligini dunyoga namoyish etishga intilamiz. Milliy filmlarimizda ona tilimizning betakror ohangi, xalqimizning ma’naviyati va madaniyati o‘z ifodasini topmoqda.

    Muhtaram Prezidentimizning “Ona tilimiz – milliy ma’naviyatimizning bitmas-tuganmas bulog‘idir. Shunday ekan, unga munosib hurmat va ehtirom ko‘rsatish barchamizning nafaqat vazifamiz, balki muqaddas insoniy burchimizdir”, — degan so‘zlari barchamiz uchun tilimizni e’zozlash, uning davlat tili sifatidagi maqomini yuksaltirish yo‘lida mas’uliyatli yo‘nalishdir.

    ⭐️Keling, ona tilimizni e’zozlaylik, uni yanada rivojlantiraylik va yosh avlodni o‘zbek tiliga hurmat ruhida tarbiyalaylik. Zero, til yashasa – millat yashaydi.

    O‘zbek tili bayrami muborak bo‘lsin!

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

Rossiyalik produser Mixail Kurbatov bilan uchrashuv

    ✔️2025-yil 18-oktabr kuni “Produserlik” yo‘nalishi sirtqi bo‘limining 3-bosqich talabalari mashg‘ulot davomida Rossiyalik produser Mixail Kurbatov bilan uchrashdilar. Uning ijodiy faoliyatida 70 dan ortiq loyihalar mavjud.

    Mixail Kurbatov o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashib, produserlik faoliyatining o‘ziga xos jihatlari haqida so‘zlab berdi hamda talabalarga kino va media sohasida rivojlanish bo‘yicha foydali tavsiyalar berdi.

    Batafsil; ➡️https://www.kinopoisk.ru

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

BDKU Toshkent filialida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

    ⚡️Joriy yilning 17 oktabr kuni BDKU Toshkent filiali professor-o‘qituvchilarining Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari A. Yuldashev raisligida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

    🗣️Kun tartibida professor-o‘qituvchilarning yakka tartibdagi 2025, 2026 va 2027 yillarga mo‘ljallangan “Yo‘l xaritasi”, shuningdek, filialning iste’dodli talabalari uchun 2025–2026 o‘quv yiliga mo‘ljallangan “Yo‘l xaritalari” tahliliy tarzda ko‘rib chiqildi.

    Yig‘ilish davomida filial direktorining 2025-yil 29-avgustdagi “Filial professor-o‘qituvchilariga iste’dodli talabalarni biriktirish to‘g‘risida”gi №06.01-sonli buyrug‘i asosida professor-o‘qituvchilarga iste’dodli talabalar biriktirilganligi haqida ma’lumotlar ham yetkazildi.

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

Madaniyat sohasida 9 oylik faoliyat yakunlari muhokama qilindi

    ⚡️🗓2025-yil 16-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov boshchiligida Madaniyat vazirligi tasarrufidagi tizim tashkilotlari va oliy ta’lim muassasalari rahbarlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

    Unda teatr, kino, ta’lim va madaniy faoliyat sohalarida o‘tgan 9 oy davomida amalga oshirilgan ishlar samaradorligi hamda IV chorakda bajarilishi rejalashtirilgan ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

    Yig‘ilishda BDKU Toshkent filiali direktori, professor I.M. Meliqo‘ziyev ham ishtirok etdi.

    Kun tartibidan:
     ✔️teatr;
     ✔️kino;
     ✔️ta’lim;
     ✔️madaniy faoliyat masalalari o‘rin oldi.

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook