Rossiya Federatsiyasi madaniyat vaziri Olga Borisovna Lyubimova tashrifi

    2025 yil 29 may kuni Rossiya Federatsiyasi madaniyat vaziri Olga Borisovna Lyubimovaning Toshkent shahridagi S.A. Gerasimov nomidagi BDKU filialiga tashrifi doirasida filialning ijodiy va ta’limiy salohiyatini namoyish etishga qaratilgan boy dastur amalga oshirildi.

    Mehmonlarga operatorlik san’ati, aktyorlik mahorati, dramaturgiya, rejissyorlik va prodyuserlik bo‘yicha o‘quv ustaxonalari taqdim etildi. Ayniqsa, aktyorlik yo‘nalishi 3-kurs talabalarining R.A. Sagdullayev rahbarligida tayyorlagan, Sh. Bashbekov asari asosidagi “Tikanaksiz tipratikanlar” spektakli katta qiziqish uyg‘otdi.

    Tashrif yakunida muhim yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda Rossiya Federatsiyasi madaniyat vaziri Lyubimova O.B., O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri birinchi o‘rinbosari Tadjixanov A.B., BDKU rektori Malishev V.S., Rossiya Madaniyat vazirligining mintaqaviy siyosat, ta’lim va loyihaviy boshqaruv direktori Ermakova S.D., Rossiya kinematografiyasini qo‘llab-quvvatlash fondi ijrochi direktori Sosnov F.G. hamda O‘zbekiston Kinematografiya agentligi direktori Rizaev Sh.T. ishtirok etdi.

    Shuningdek, yig‘ilishda quyidagi mehmonlar qatnashdi:
     • Andrej Vladimirovich Ereshko – “Roskonsert” bosh direktori
     • Olga Nikolaevna Galaktionova – A.S. Pushkin nomidagi Davlat tasviriy san’at muzeyi direktori
     • Elza Yurevna Antonova – “ROSKINO” bosh direktori
     • Natalya Vladimirovna Slepuxina – “Rosgosekspertiza” rahbari o‘rinbosari
     • Pavel Anatolyevich Shevtsov – Rossotrudnichestvo rahbari o‘rinbosari

    Uchrashuv davomida BDKU filialining rivojlanish istiqbollari, kino sohasidagi xalqaro hamkorlik va Rossiya hamda O‘zbekiston o‘rtasidagi madaniy aloqalarni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

29-may kuni soat 11:00 da Ilya Kojuhar bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tadi.

    📘 29-may kuni soat 11:00 da Toshkentdagi BDKU filialida teatr va kino aktyori, ssenarist, pedagog Ilya Kojuhar bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tadi.

    Tadbir davomida u o‘zining yangi kitobi — “Rol tahlili. Aktyorlar, rejissyorlar va ssenaristlar uchun psixologiya” asarini taqdim etadi.

    Ilya Kojuhar — S.A. Gerasimov nomidagi BDKU o‘qituvchisi, “Aktyorlar uchun psixologiya” kursi muallifi. U psixologik bilim san’atkorlar uchun qanday foydali bo‘lishi mumkinligi haqida so‘zlab beradi.

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

Ssenariusdan ssenariygacha” mavzusida Q&A (savol-javob) bo‘lib o‘tadi!

    📣 29-may, soat 11:00 da Toshkentdagi BDKU filialida yozuvchi va dramaturg Natalya Sterkina ishtirokida “Ssenariusdan ssenariygacha” mavzusida Q&A (savol-javob) formatidagi mahorat darsi bo‘lib o‘tadi!

    Tadbirda yuqori sinf o‘quvchilari, talabalar, bitiruvchilar va abituriyentlar ishtirok etishi mumkin.

    Natalya Iosifovna Sterkina — Moskva yozuvchilar uyushmasi va Rossiya yozuvchilar uyushmasi a’zosi, 6 ta nasriy kitob, bir nechta pyesa va kinossenariylar muallifi.

    Manzil: Toshkent shahri,Chilonzor ko’chasi 1 A.

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

“Imom Moturidiy kubogi” sport musobaqalari bo‘lib o‘tdi.

    ✅ Bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Sport – tinchlik elchisi” shiori ostida “Imom Moturidiy kubogi” sport musobaqalari va “Islom – salomatlik targ‘ibotchisi” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

    Tadbirda, shuningdek, turli oliy ta’lim muassasalari vakillari, jumladan, S.A. Gerasimov nomidagi BDKU Toshkent filiali yoshlar masalasi va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor birinchi o‘rinbosari J. Shomurodov ham qatnashdi.

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook