«Tanets» fanidan navbatdagi imtixon о‘tkazildi.
Toshkent BDKU filialida professor Rustam Sagdullayevning ijodiy ustaxonasida «Tanets» fanidan navbatdagi imtixon о‘tkazildi. 3-kurs «Aktyorlik san’ati» yо‘nalishi talabalari dotsent O. Ostanina va konsertmeyster A. Katkova rahbarligida ajoyib natijalarni namoyish etdilar. Shuningdek, sahna nutqi о‘qituvchisi, dotsent V. I. Yusupova va aktyorlik maxorati bо‘yicha, О‘zbekiston Respublikasida xizmat kо‘rsatgan artist M. D. Kaminskiy tayyorgarlikda ishtirok etdilar, ijodiy rahbar professor Rustam Sagdullayev.
Imtixonga filial direktori professor Ikbol Meliqо‘ziyev, shuningdek, professor-о‘qituvchilar va fakultet dekanlari ishtirok etdilar.